12:58 / 15.02.2021
4 369

Saida Mirziyoyeva «Mendirman Jaloliddin» haqida: Serialimiz kimgadir yoqishi, kimgadir ma’qul kelmasligi tabiiy

Saida Mirziyoyeva «Mendirman Jaloliddin» haqida: Serialimiz kimgadir yoqishi, kimgadir ma’qul kelmasligi tabiiy
Foto: Instagram / @saida_mirziyoyeva
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Telegram kanalida 14 fevral kuni ilk qismi efirga uzatilgan «Mendirman Jaloliddin» seriali haqidagi fikr-mulohazalarini yozib qoldirdi.

- "Xudo xohlasa, 14 fevral kuni soat 20:30 da «Milliy» telekanalida uzoq kutilgan «Mendirman Jaloliddin» serialining premerasi bo‘ladi.

Serial efirga uzatilmasdanoq odamlarda katta qiziqish uyg‘otdi va qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Bu – tabiiy. To‘laqonli kino ko‘rinishidagi tarixiy serial olish amaliyoti bizda deyarli yo‘lga qo‘yilmagan. Demak, bu – biz uchun yangilik. Yangi havo esa har qanday jamiyatni doim to‘lqinlantiradi.

Serial kimgadir yoqishi, kimgadir ma’qul kelmasligi ham tabiiy holat. Biz premeradan so‘ng fikrlar turli-tuman bo‘lishiga tayyormiz. Odamlar o‘z mulohazasini erkin bildirishi jamiyatning ochiqligi belgisidir.

Masalan, eng ko‘p savol filmda nega bosh rolga turk aktyori taklif etilgani haqida bo‘ldi. Asosiy maqsad serial orqali aktyorlarni tanitish emas, balki taniqli aktyorlar orqali jahonga millatimiz qahramonlarini namoyon qilishdir.

Serial to‘qima obrazlar va voqealar bilan boyitildi. Seriallarning asosiy maqsadi — tomoshabinlarda tarixiy qahramonlarga, tarixiy voqealarga qiziqish uyg‘otish. Odamlar o‘zimizning boy tariximizga qiziqib, uni o‘rganishlari — serialning eng katta maqsadi. Serial, hujjatli filmlardan shunisi bilan farq qiladi.

«Ancha budjet mablag‘i sovurilibdi», degan gaplar ham bo‘ldi. Ammo bu ta’na asossiz. Serial to‘liq homiylar ko‘magida ishlandi. Buning uchun bosh homiy «Orient Finans Bank»ga minnatdorlik bildiramiz.

Azizlar, bugun «Mendirman Jaloliddin» filmi ijodkorlari va bu loyihani qo‘llab-quvvatlagan barcha uchun uzoq kutilgan bayram! Keling, maza qilib serialni tomosha qilaylik. Serialimiz sizga yoqadi, degan umiddamiz
", - dedi Saida Mirziyoyeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Saida Mirziyoyeva «Mendirman Jaloliddin» haqida: Serialimiz kimgadir yoqishi, kimgadir ma’qul kelmasligi tabiiy