21:03 / 15.02.2021
4 340

Feruza Normatova rejissyorlar nima sababdan serial tugamasdan aktrisalarni «o‘ldirib yuborishini» aytdi (video)

Feruza Normatova rejissyorlar nima sababdan serial tugamasdan aktrisalarni «o‘ldirib yuborishini» aytdi (video)
Foto: YouTube
Aktrisa Feruza Normatova ba’zi bir seriallarda suratga tushganidan afsuslanishi, serial ommalashgach, rejissyorlarning turli o‘yinlari chiqib qolishi haqida gapirdi. Bu haqda aktrisa YouTube’dagi Yashin TV kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

- "O‘ynagan rollarimdan afsuslangan vaqtlarim bo‘lgan. Ichimdagi gaplarni joyi kelganda aytib olay. Bir loyihani boshlaymiz: ssenariy yoqsa, u loyihada o‘zimni tasavvur qila olsam, shu obrazda nimadir qila olsam, ko‘zim yetsa loyihaga rozi bo‘laman.

Serial suratga olinib, yaxshi darajaga keladi, telekanallarga chiqib, YouTube’da katta qiziqish bilan tomosha qilinadi. Odamlar yaxshi qabul qila boshlagach, rejissyorlar aktrisaga pul bergisi kelmay qoladi. Ba’zi shunaqa rejissyorlar bor. «Bu ishni men qilyapman-ku, bu aktrisani men tanityapman-ku. Xohlagan vaqtimda bu aktrisani o‘ldirib yuborib, kasal qilib yoki chet elga chiqarib yuborib, o‘rniga boshqa aktrisani olaman, o‘ynab ketaveradi», deydi. Yoki umuman boshqa syujetlar o‘ylab topiladi va serial boshqa tomonga ketib qoladi.

Bu narsa ko‘p bo‘ldi. Keyin serialning reytingi tushadi. Gap menda emas, tomoshabin bosh qahramonga o‘rganadi, endi bosh qahramon yarmidan yo‘q bo‘lib, boshqalar birinchi darajaga chiqmoqda.

Ba’zi rejissyorlarimiz meni almashtirib, o‘rnimga boshqa aktrisa o‘ynatdi. Ammo o‘sha syujet davom etmoqda. Aktrisaga pul bergisi kelmasligidan shunday qilishmoqda. Odamlar «Feruza Normatova qani, nima bo‘ldi, nega bunaqa bo‘ldi?», deyishmoqda. Xalqning shuncha gapini eshitgandan ko‘ra, o‘sha pulni ber. Bir loyihani boshladingmi, o‘shani oxirigacha davom ettir, tugat. Shunaqa rejissyorlarning munosabatini ko‘rib, yo‘q joydan improvizatsiya qilib o‘ynaganimga afsuslanib ketaman. Rejissyor o‘zining ishiga jiddiy yondashmaydi. Hayron bo‘lib qolaman, shu loyihaga kelganimdan afsuslanaman
", - dedi Feruza Normatova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Feruza Normatova rejissyorlar nima sababdan serial tugamasdan aktrisalarni «o‘ldirib yuborishini» aytdi (video)