14:03 / 24.02.2021
1 026

«Avatar 2» filmining suratga olish jarayonida Keyt Uinsletning o‘lishiga bir baxya qoldi

«Avatar 2» filmining suratga olish jarayonida Keyt Uinsletning o‘lishiga bir baxya qoldi
«Titanik» yulduzi Keyt Uinslet Observer Magazine nashriga bergan intervyusida «Avatar 2» filmining suratga olish jarayonidagi tafsilotlar bilan bo‘lishdi.

Foto: People Talk
Suv ostida bo‘lishni juda ham g‘aroyib deb atagan aktrisa, bu vaqtda kishi hech narsa haqida o‘ylamasdan, shunchaki ro‘parasidagi pufaklarni tomosha qilish mumkinligi haqida aytib o‘tgan. «Suv yuzasiga chiqqanda birinchi bo‘lib men tirikmanmi, deb so‘raganman. 7 daqiqa suv ostida bo‘lganimdan keyin o‘lganman, deb o‘ylaganman».

Keyt, Jeyms Kemeronning blokbasterida Ronal rolini ijro qilish uchun fridayving (suv ostida nafas olmay turish) bilan maxsus shug‘ullangan. Bu borada unga turmush o‘rtog‘i Ned Roknroll yordam bergan.

«Bu juda ham ajoyib bo‘lgan, men o‘zim bilan faxrlanganman. Ehtimol, hech qachon qayta buning uddasidan chiqa olmayman. Natijaga to‘rt hafta davomida zo‘r berib ishlagandan keyin erishganman. Biroq menga bu juda ham yoqqan», — degan Keyt.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Madaniyat » «Avatar 2» filmining suratga olish jarayonida Keyt Uinsletning o‘lishiga bir baxya qoldi