18:48 / 28.02.2021
2 579

Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda

Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda
Foto: Getty Images
«Garri Potter» yulduzi Emma Uotson san’atni tark etib, ko‘proq vaqtini shaxsiy munosabatlarga ajratmoqchi. Bu haqda Woman xabar beradi.

O‘quvchilik yillari maktab spektaklida rol ijro qilib yuradigan Emma ekranda ilk bor 9 yoshida ko‘rinish bergan. Britaniyalik oddiy qiz «Garri Potter»da Germiona Greynjer qahramonini gavdalantirgandan keyin mashhurlikka erishgan. Turli loyihalarda ishtirok etishga taklif qilingan aktrisa ijodi ortidan millionlab dollarlarga ega bo‘la boshlagan.

Foto: Woman
«Garri Potter» haqidagi so‘nggi film bundan 10 yil avval suratga olingan bo‘lib, bosh qahramonlar ichida aynan Emma karera borasida omadi chopgan va boshqa ijrolari bilan ham muxlislar qalbidan joy olgan. Aktrisa turli janrlarda bir-biridan farqli qahramonlar rolini ijro qilishdan cho‘chimagan. Merilin Monro haqidagi biografik filmdan tortib, «Sohibjamol va maxluq» filmida Disney malikasi ijrolari esa bunga yaqqol isbot bo‘la oladi.

Foto: Woman
U so‘nggi marta 2019 yilda «Kichik ayollar» dramasida bosh qahramon rolini o‘ynagan va shundan keyin boshqa loyihalarda ishtirok etmagan. Aktrisaning kinoagenti jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda muxlislarning Emmani qayta ekranda ko‘rish ehtimoli kam ekanligini ma’lum qilgan.

Foto: Woman
Ma’lum qilinishicha, ko‘proq vaqtini qaylig‘i Leo Robintonga sarflash istagida bo‘lgan 30 yoshli Uotsonning boshqa kinoda suratga tushish niyati yo‘q. Ikki yilga yaqin vaqtdan buyon uchrashib yurgan juftlik munosabatlarini ko‘z-ko‘z qilishni istamaydi. Shahardan uzoqda birga vaqt o‘tkazadigan sevishganlar yaqin orada turmush qurishni rejalashtirmoqda, deyiladi xabarda.

Foto: Woman
Shuningdek, mish-mishlarga qaraganda aktrisa uchun «Kichik ayollar»ning suratga olish jarayoni oson kechmagan. Bu vaqtda uning hayotida qanday voqea yuz bergani aniq emas, ammo suratga olish ishlari yakuniga yetganidan keyin Uotson hamkasblari bilan press-turga chiqishdan bosh tortgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda