980
O‘zbekistonlik dijey Toshkent teleminorasida o‘z musiqiy to‘plamini taqdim etdi (video)

Foto: YouTube
Roger Gunn taxallusi ostida ijod qilayotgan Sarvar Po‘latov o‘zining YouTube’dagi kanaliga Toshkent teleminorasida ijro etgan mualliflik hamda xorijiy musiqalarni joyladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sarvar Po‘latov Milliy TV ko‘ngilochar telekanalining musiqiy prodyuseri hisoblanadi. Ajablanarlisi shundaki, u ilgari professional tennischi bo‘lgan.
Roger Gunn’ning trek hamda remikslari Revealed va Enormous Tunes kabi xalqaro leybllardan o‘rin olgan. Ular dunyodagi eng mashhur dijeylar – Benny Benassi, Don Diablo, Afrojack, Blasterjaxx, Hardwell, Mr. White, Thomas Gold va boshqalar tomonidan ijro etiladi.
Uning bundan avvalgi videosi orqali muxlislar nafaqat musiqadan, balki Chimyon tog‘larining go‘zalligidan ham bahramand bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, Roger Gunn – o‘zbek musiqachisi, dijey va prodyuser. U musiqaning ma’lum bir uslubidagina emas, turli janrlarda ijod qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

«Fazilatxonim va qizlari» serialidagi Yag‘iz va Xazan yangi serialda juftlik rolini ijro qiladi

«Milliy» telekanalida diniy-tarixiy mavzudagi ikkita teleserial namoyish etilmaydigan bo‘ldi

Aktrisa Feruza Normatovaning muxlisasidan ajoyib "syurpriz" (video)

«Million»ni tark etganlar «Milliy Art» jamoasini tuzishdi. Ular beldan pastga tushmoqchi emas (video)

Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov Milliy TV efirida!

Jeyms Bond taqqan soat Jenevadagi auksionda 367 ming dollarga sotildi