14:07 / 07.03.2021
2 044

Amerikalik xonanda Billi Aylish haqida film taqdim etildi

Amerikalik xonanda Billi Aylish haqida film taqdim etildi
Foto: Conversations About Her
Amerikalik xonanda Billi Aylish haqida «Biroz xiralashgan dunyo» nomli hujjatli film suratga olindi. «Korrespondent.net»ning yozishicha, film allaqachon prokatga chiqqan.

Kartina yosh yulduzning shaxsiy hayoti va professional faoliyati haqida hikoya qiladi. Unda kliplarning suratga olish hamda qo‘shiq yozish jarayonlari, Aylishning oila a’zolari bilan munosabatlari, qolaversa, Jastin Biber bilan do‘stligi haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topgan.

Foto: Medialeaks
Billining sobiq yigiti Brendon Kventin Adams bilan ayrilishi haqidagi ma’lumotlar esa syujetdagi o‘ziga xoslik sanaladi. Billi reper sifatida ma’lum bo‘lgan Adams bilan 16 yoshida uchrashgan, ammo ularning munosabatlari haqida hech kim bilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Amerikalik xonanda Billi Aylish haqida film taqdim etildi