21:53 / 19.03.2021
3 802

Mansur Agaliyev Yulduz Usmonovaning konsertiga qo‘ldan chipta sotib olishga majbur bo‘lgani haqida so‘zlab berdi (video)

Mansur Agaliyev Yulduz Usmonovaning konsertiga qo‘ldan chipta sotib olishga majbur bo‘lgani haqida so‘zlab berdi (video)
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «Xalqlar do‘stligi» saroyida 10–25 mart kunlari «Yurak» deb nomlangan navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda.

Yulduz Usmonovaning prodyuseri va turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida o‘zining konsertiga o‘zi bilet sotib olishga majbur bo‘layotganini ma’lum qildi.

‘Xalqlar do‘stligi’ saroyi bosh rejissyori Zokir Qayumovga ‘Zokir aka, Yulduzning xabari bo‘lmasin, keling, O‘zbekiston xalq artistlarini barchasini konsertga chaqiraylik’, dedim. Ularning har bittasiga birma-bir telefon qilishlarini iltimos qildim. Bu insonlar g‘animat, ularning filmlari bilan yoshligimiz o‘tgan. Qarasak, keladigan mehmonga yetarli biletimiz yo‘q. Keyin ko‘chaga chiqib, o‘zimizni konsertga o‘zimiz bilet sotib olishga majbur bo‘ldik. Ko‘chada ‘aka sizga ham bilet kerakmi’, deb kulishdi.

‘Qayerdan joy qilamiz’, deganimizda ‘birinchi qatordan’ deyishdi, lekin birinchi qator ular uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkin edi. Chunki 70-80 yoshli insonlar sahnaga qarab, bo‘ynini ko‘tarib o‘tirishga majbur bo‘lishadi. Shu sababli ularga 15-qatordan joy tayyorladik. Biletlarni boshqalar bilan almashtirdik, yetmaganini sotib oldik. Avvalo, ular katta sahnani bemalol ko‘rishi kerak.

Qanchadan qancha buyuk ijodkorlar vafot etganini ko‘rdik. Ularning vafotini ko‘rganimizdan so‘ng tirik insonlarning qadriga yetishni boshlarkansiz. Allohga shukr, konsertni ko‘rib, kayfiyatlari ko‘tarilib, maza qilib ketishdi.

O‘n besh million so‘mga bilet sotib olindi. Bunaqa vaziyatlar ko‘p bo‘ladi. Chunki kassada bilet sotib bo‘lingandan so‘ng, kim ortiqcha bilet sotib olgan bo‘lsa, o‘shandan kerakli joyni sotib olishga majbur bo‘lamiz. Pandemiya boshlanganidan so‘ng biletini qaytarib berganlar ham bo‘ldi, keyin ular bunday qilganiga pushaymon ham bo‘lishdi, - deydi Mansur Agaliyev.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mansur Agaliyev Yulduz Usmonovaning konsertiga qo‘ldan chipta sotib olishga majbur bo‘lgani haqida so‘zlab berdi (video)