16:06 / 21.03.2021
3 152

Uzoq vaqt baxtli hayot kechirib, so‘ng ajrashib ketgan yulduzli juftliklar (foto)

Uzoq vaqt baxtli hayot kechirib, so‘ng ajrashib ketgan yulduzli juftliklar (foto)
Yulduzlar to‘yidan bir yil, 6 oy, hattoki 72 kun o‘tib ajrashib ketishsa, buning hayratlanarli joyi yo‘q. Sababi ijodkorlar o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ammo o‘n yillab birga yashagan juftliklar ajrashishga qaror qilsa, bu har qanday insonning muhabbatga bo‘lgan ishonchini kamaytiradi.

Demi Mur va Bryus Uills
1987—2000 yillar, 3 farzand

Foto: Cosmopolitan
Demi va Bryus uch nafar farzandi – Rumer, Skaut va La Runi birgalikda tarbiyaladi. Ammo 13 yillik turmush ham juftlikning nikohi tugatilishiga to‘sqinlik qila olmadi. Muxlislar esa ularning munosabati qayta tiklanishiga umid qilib, ajrimga ishonmadi. Ammo oradan 5 yil o‘tib, 43 yoshli Demi 27 yashar Eshton Katcherga turmushga chiqdi. Afsuski, ushbu nikoh ham muvaffaqiyatsiz yakun topdi. Juftlik Gollivudning kelishgan aktyori xiyonati tufayli ajrashdi.

Mel Gibson va Robin Mur
1980—2009 yillar, 7 farzand

Foto: Cosmopolitan
Mel Gibson 1980 yil oila qurgan va oradan bir yil o‘tib, Xanna ismli qiz farzand ko‘rgan. Oradan uch yil o‘tib egizaklari Edvard va Kristian, 6 yildan so‘ng o‘g‘li Villi dunyoga kelgan. Undan so‘ng yana ikki farzand – Maylo va Tommi ham birin-ketin tug‘ilgan. Iste’dodli aktyor, rejissyor, mehribon turmush o‘rtoq, g‘amxo‘r ota kutilmaganda 2009 yil taniqli rus pianinochisi Oksana Grigoriyeva bilan munosabatlarini e’lon qilib, oilasini tark etgan. Shuningdek, u Oksana bilan hayoti davomida rafiqasini aldaydigan, unga qo‘l ko‘taradigan, janjalkash boshqa Gibsonga aylanib qolgan. Yangi rafiqa nafaqat aktyorning obro‘siga, balki mol-mulkiga ham zarar yetkazgan. U 2006 yilda 850 million dollarga baholangan boyligining yarmini sobiq turmush o‘rtog‘iga berishi kerak bo‘lgan. Shuningdek, Oksana dunyoga keltirgan Lyusiya ismli qizi uchun ham har oyda 20 ming dollar ajratishiga to‘g‘ri kelgan.

Jonni Depp va Vanessa Paradi
1998—2012 yillar, 2 farzand

Foto: Cosmopolitan
Vanessa Jonni ko‘ngil qo‘ygan go‘zal xonimlar Jennifer Grey, Vaynona Rayder va Keyt Mossdan keyingisi edi. Ammo u aktyorning qizi hamda o‘g‘lining onasiga ham aylangan. Vanessa va Jonning o‘rtasidagi munosabatlar 1998 yil, Jonni uni restoranda ilk marotaba ko‘rib qolganida boshlangan. Ammo juftlik rasmiy ravishda oila qurmagan. Shuningdek, hech kim ularning bir kuni ajrashib ketadi, deb ham o‘ylamagan. Ammo 2012 yilda ularning ajrimiga «Rim kundaligi» filmida aktyor bilan birgalikda rol ijro etgan Ember Xerd sabab bo‘lgan. Ularning ishqiy munosabati 2015 yil fevral oyida nikoh bilan mustahkamlandi, deb o‘ylash mumkin. Afsuski, oradan bir necha yil o‘tib, juftlik katta janjallar bilan ajrashishga qaror qilgan. Hanuzgacha ular sud orqali bir-birni talon-toroj qilish bilan band.

Monika Beluchchi va Vensan Kassel
1999—2013 yillar, 2 farzand

Foto: Cosmopolitan
Sobiq juftlik 1996 yil «Xonadon» filmining suratga olish maydonchasida tanishgan. Uch yildan so‘ng to‘y, keyin ikki qiz farzand, bir necha filmlarda hamkorlik, shu jumladan, janjallar ham ro‘y bergan. 2013 yilgacha ularning ajrimini hech kim taxmin ham qilmagan. Ammo ular kutilmaganda o‘z qarorini e’lon qilgan. Monikaning so‘zlariga ko‘ra, ular oila, kino va muhabbatni birlashtirishga harakat qilgan, ammo natija bo‘lmagan.

Antonio Banderas va Melani Griffit
1996—2014 yillar, 1 farzand

Foto: Cosmopolitan
Aktrisa Melani Griffit uch marotaba turmush qurgan bo‘lsa, ularning ichida eng sevimlisi o‘zidan uch yosh kichik Antonio Banderas edi. Aynan uning uchun Melani aktyor Don Jonsonni ham tark etgan. 1996 yil juftlikning oilasida Stella del Karmen ismli qizaloq dunyoga kelgan. 18 yillik nikohdan so‘ng, 2014 yil 56 yoshli Melani hamda 53 yashar Antonio «murosasiz kelishmovchiliklar» sababli ajrashishga qaror qildi. Ayrim mish-mishlarga ko‘ra, Melanining rashki tufayli yulduzlarning ajrashishiga to‘g‘ri kelgan. Shunga qaramay, ular do‘stona munosabatni saqlab qolgan.

Gvinet Peltrou va Kris Martin
2003—2015 yillar, 2 farzand

Foto: Cosmopolitan
«Xafagarchilik to‘la qalb bilan biz ajrashishga qaror qilganimizni ma’lum qilamiz, deya yozgan edi 11 yillik turmushidan keyin aktrisa o‘zining saytida. – Deyarli bir yil davomida biz hammasi iziga tushishi uchun harakat qildik, alohida yashadik va o‘rtamizda keyinchalik nima bo‘lishi haqida o‘ylab ko‘rdik. Ammo bir-birimizni juda yaxshi ko‘rsak-da, ajrashishga qaror qildik».

Gvinet yolg‘on gapirmagan edi. U oiladagi eng iliq munosabatlarni saqlab qoldi. Ajrimni e’lon qilishdan bir kun avval u turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan Bagamada dam olish uchun uchib ketdi. Keyinchalik sobiq erining yangi rafiqasi — aktrisa Jennifer Lourens bilan ham uchrashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Uzoq vaqt baxtli hayot kechirib, so‘ng ajrashib ketgan yulduzli juftliklar (foto)