17:12 / 21.03.2021
3 725

Yulduz Usmonovaning konsert dasturidan reportaj (foto, video)

Yulduz Usmonovaning konsert dasturidan reportaj (foto, video)
Foto: «Daryo»
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «Xalqlar do‘stligi» saroyida 10–25 mart kunlari «Yurak» deb nomlangan navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda.

Yulduz Usmonovaning 2020 yilgi konsert dasturi 2020 yilning 16 mart kuni koronavirus sabab qoldirilgan edi. Xonanda bir yil o‘tib san’at saroyida 16 kunlik konsert dasturi bilan mehmon bo‘lmoqda.

Foto: «Daryo»
«Daryo» muxbiri Feruz Muhammad konsert dasturining dastlabki kunlarida mehmon bo‘lib, dasturning eng qiziq jarayonlaridan reportaj tayyorladi. To‘liq jonli ijroda bo‘lib o‘tgan dasturning har bir kuni turlicha o‘zgarishlar bilan o‘tdi.

Foto: «Daryo»

Foto: «Daryo»
Dasturda «Bahor bo‘ladi», «Dunyolaridan», «Men seni sevaman», «Keladi», «Bevafo», «Sanam-ey», «Devonalarmiz», «Biyo-biyo», «Boshga balo», «Omon bo‘ling», «Onajonim», «Yurak», «Seni deyman», «G‘animat», «Dam-dam», «Ayollar», «Sevgi izhori» kabi qo‘shiqlarni kuyladi.

Foto: «Daryo»

Foto: «Daryo»
«G‘animat» deb nomlangan tarona O‘zbekiston xalq artistlarini yig‘latdi.

Konsertda bek vokal tarkibida bo‘lgan Nilufar Usmonova onasining eng qiyin konserti qaysi biri bo‘lganligi haqida gapirib berdi.
- "Konsert dasturi har kuni har xil o‘tmoqda. Dasturning kayfiyati kundan kunga yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Yulduz Usmonovaning konsertlari orasida eng qiyini deb har kungi konsertni aytishim mumkin.

Mashaqqati juda katta. Jamoalaridagi barcha insonlar professional, hamma sifatga ishlaydi. Qandaydir kutilmagan texnik muammolar bo‘lishi mumkin. Ushbu muammolar konsertning boshqa kunlarida yechimini topib ketadi.

Yulduz Usmonovaning konsertida bek vokalda turish men uchun juda katta maktab deb hisoblayman
", - dedi Nilufar Usmonova.

Dasturda boshlovchilik qilgan Shukurullo Isroilov 12 mart kuni kichik o‘g‘li Farhodni uylantirdi. Qiziqchi bir vaqtning o‘zida ham to‘y, ham katta konsertga qanday ulgurgani haqida gapirib berdi.

- "O‘g‘limning to‘yini yanvar oyida belgilab qo‘ygan edik. U vaqtda hali konsertlarga ruxsat berilmagan edi. Bir vaqtda oilamizda to‘y bo‘lishi, buyoqda katta konsert bo‘lishi biroz qiyin bo‘ldi.

Yulduz Usmonova «Konsert orasida to‘yingga yarim soat chiqib, konsertni o‘tkazaver», dedilar. Unday qilolmas edim, shu sababli Avaz Oxun o‘rnimga bir kun chiqish qildi. Keyin mana o‘zimiz konsertda boshlovchilik va qiziqchilik qilyapmiz.

O‘tgan yili Yulduz Usmonovaning konserti 6 ta konsert berilgandan so‘ng, karantin sabab qoldirilgan edi. Bu yil ham xuddi shu kunlarda dastur juda ko‘tarinki kayfiyatda, yuqori saviyada o‘tmoqda
", - dedi Shukurullo Isroilov.

Yulduz Usmonova xonanda Imron bilan «Buxorodan kuyov qiling, Buxorodan» deb nomlangan qo‘shig‘ini birgalikda kuyladi. Ushbu qo‘shiq bundan 25 yil avval Yulduz Usmonova tomonidan kuylangan bo‘lib, qo‘shiq ilk marotaba duet tariqasida muxlislarga taqdim etildi.

Foto: «Daryo»
Dastur so‘ngida Yulduz Usmonova tomoshabinlar talabidan kelib chiqqan holda, mega xit taronalarini kuyladi.

Foto: «Daryo»

Foto: «Daryo»

Foto: «Daryo»

Foto: «Daryo»

Foto: «Daryo»

Foto: «Daryo»

Foto: «Daryo»
Konsert tashkilotchilari o‘zlarining konsertiga o‘zlari bilet sotib olishga majbur bo‘layotgan Yulduz Usmonovaning navbatdagi konsert dasturi davom etmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonovaning konsert dasturidan reportaj (foto, video)