23:58 / 21.03.2021
3 258

Ziqna emas, tejamkor: kamtarona yashaydigan va ko‘p pul sarflamaydigan yulduzlar (foto)

Ziqna emas, tejamkor: kamtarona yashaydigan va ko‘p pul sarflamaydigan yulduzlar (foto)
Mashhurlar qanday qilib ko‘p pul ishlashni hamda ularni sarflashni ham biladi. Biroq ularning orasida tejamkorlikdan dars oladigani ham bor. Bugungi qahramonlar ham xuddi shunday. Ular arzon kiyimlar sotib oladi. Sotuvchilardan chegirmalar so‘raydi, jamoat transportidan foydalanadi hamda arzon mashinalarda harakatlanadi.

Riz Uizerspun

Foto: Cosmopolitan
Riz Uizerspun – gonorari bilan faxrlanishdan ko‘ra, daromadidan uyaladigan yulduzlardan biridir. Aktrisa «qora kun»i uchun pulini tejab, ehtiyotkorlik bilan sarflaydi. Buni Rizning osuda tumanda joylashgan kichkinagina uyda yashashi, qimmat sumkani bir necha yillab tutishi, o‘zi reklama qilgan kosmetika vositalaridan foydalanishidan ham bilib olishi mumkin. U ortiqcha pul sarflashni ma’nisiz hashamat deb biladi. Shuningdek, aktrisa bolalar uchun ham eng kerakli narsalarni sotib oladi va ularni erkalatib yubormaslikka harakat qiladi. Hattoki Yangi yil bayrami uchun oddiy o‘yinchoqlar sovg‘a qilib, bu orqali ularni moliyaviy intizomga o‘rgatishini tan olgan.

Robert Pattinson

Foto: Cosmopolitan
Aktyor qimmat ko‘ylak va shimdan ko‘ra, beysbol kepkasi, jinsi shim va oddiy futbolka kiyishni afzal ko‘radi. Shuning uchun ham u «Sumerki» kartinasi tugashi bilan undagi kostyumlarni darhol kimoshdi savdosi orqali sotib yuborgan. Pattinson jamoat transportidan foydalanadi. Va bu orqali u bilan uchrashishni istaydigan muxlislarini ham xursand qiladi. U bayramlarni ham kamtarlik bilan nishonlaydi. Arzon klublarga boradi va uyiga barcha qatorida jamoat transportida qaytadi.

Kianu Rivz

Foto: Cosmopolitan
Kianu ham kamtarlik borasida hamkasblaridan qolishmaydi: jamoat transportidan foydalanadi, uy sotib olmaydi, oddiy kiyim kiyadi, ko‘p vaqtini mehmonxonada o‘tkazadi hamda yo‘l bo‘yidagi kafelardan gamburger iste’mol qiladi. Aktyorning biografiyasidagi eng ta’sirli voqea – bu uysiz odamning yonida o‘tkazgan kuni edi. Kianu uni gamburger va ichimlik bilan mehmon qilib, suhbatlashgan. Shu tarzda aktyor yulduzlik kasaliga chalinmaganini yana bir bora isbotlagan.

Avril Lavin

Foto: Cosmopolitan
Avril Lavin kiyimlarini ikkinchi qo‘l do‘konlardan xarid qiladi. Bu uning o‘ziga xos uslubi hisoblanadi. Biroq muxlislar ham unga taqlid qilish uchun kiyilgan liboslarni sotib olishi shart emas. Aynan uning qiyofasini takrorlamoqchi bo‘lganlar uchun 2008 yil Abbey Dawn kiyim-kechak do‘konining liboslari 20 dan 50 dollargacha narxni tashkil etgan.

Sara Jessika Parker

Foto: Cosmopolitan
Sara yoshligidanoq pul tejashga odatlangan. O‘qituvchi va yuk mashinasi haydovchisi oilasida qimmat narsalar haqida o‘ylash odati yo‘q edi. Mashhur aktrisa hanuzgacha daromadining har bir chaqasini tejaydi va farzandlarini ham bunga o‘rgatadi. Shuningdek, u qimmatbaho restoran taomlaridan ko‘ra, uyda pishirilgan ovqatni yaxshi ko‘radi.

Madonna

Foto: Cosmopolitan
Madonna o‘zini hashamdor liboslar, qimmatbaho mashinadan cheklashga odatlanmagan. Ammo uning atrofidagilar ko‘p narsaga guvoh bo‘lgan. Yulduz tejamkorlik borasida anchagina pishiq. Uning yordamchi va musiqachilariga haq to‘lashida tejamkorligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Hattoki barcha telefon xarajatlarini ham ularning maoshidan ushlab qoladi.

Sara Mishel Gellar

Foto: Cosmopolitan
Sara hech qachon eng boy yulduzlar ro‘yxatiga kira olmagan. Yulduz arzon mahsulotlarga kuponni gazetalardan kesib olib, kiyimlarni ham shu tarzda sotib oladi va ularni kimyoviy tozalashga ham olib boradi. U farzand tarbiyasida ham enagadan foydalanmagan. Suratga olish ishlarida unga hamisha turmush o‘rtog‘i yordam berib keladi.

Jennifer Lourens

Foto: Cosmopolitan
Kuponlardan foydalanadigan yana bir yulduz. Jennifer hech qachon mehmonxona barlariga buyurtma qilmaydi. Chunki narxlar do‘konga nisbatan ancha qimmatligini biladi. U ko‘proq chegirmalar izlab, do‘kon aylanadi, IKEA kompaniyasiga mebellar buyurtma qiladi va bir necha yil avval sotib olgan Volkswagen mashinasini boshqaradi.

Kira Naytli

Foto: Cosmopolitan
30 yashar Kira har yili o‘zining xarajatlari uchun ma’lum summani belgilaydi. Masalan, 2012 yilda bu 50 ming dollarni tashkil etgan. Bundan tashqari, uning turmush o‘rtog‘i Jeyms Rayton bilan ham nikoh to‘yi juda kamtarona tarzda nishonlangan. Kira to‘ydan kiygan oq libosini keyinchalik boshqa tadbirlarda ham kiyganini ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ziqna emas, tejamkor: kamtarona yashaydigan va ko‘p pul sarflamaydigan yulduzlar (foto)