21:24 / 27.03.2021
9 436

Aktrisa Kamila Gimandinova aktyor va rejissyor Said Muxtorov uni zo‘rlamoqchi bo‘lgani haqida gapirdi

Aktrisa Kamila Gimandinova aktyor va rejissyor Said Muxtorov uni zo‘rlamoqchi bo‘lgani haqida gapirdi
«Qadam» serialidagi Kumush obrazi bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushgan aktrisa Kamila Gimandinova YouTube kanallardan biriga bergan intervyusida taniqli aktyor va rejissyor Said Muxtorovning unga nisbatan nojo‘ya xatti-harakatlari haqida so‘zlab berdi.

«Men u bilan birga ishlaganman, uning kinolarida men ommaviy sahnalarda suratga tushganman. Eng qizig‘i u mening bobom tengi. Men o‘shanda 14 yoshda bo‘lsam, u esa 50 yoshdan oshgan edi. O‘sha voqeadan keyin men bu sohadan ketgandim, hech qachon qaytmayman, deb o‘ylagandim. Bu voqea ‘O‘zbekfilm’da bo‘lgan.

U niyatiga erisha olmagan, sumkam bilan yuziga urib qochib ketganman. U buvimni va dadamni juda yaxshi tanirdi. Buvim meni unga ishonardi. U inson haqida fikrimiz yaxshi edi
», — deydi aktrisa.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktrisa Kamila Gimandinova aktyor va rejissyor Said Muxtorov uni zo‘rlamoqchi bo‘lgani haqida gapirdi