17:23 / 10.04.2021
6 058

Turk aktrisasi Xande Erchel Instagram’dagi obunachilari soni bo‘yicha Neslihan va Fahriyeni ortda qoldirdi

Turk aktrisasi Xande Erchel Instagram’dagi obunachilari soni bo‘yicha Neslihan va Fahriyeni ortda qoldirdi
Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Yangi albom, film yoki teleserial, yangi sevgi qissasi, yakshanba kungi nonushta, chiroyli liboslar yoki reklama — nima bo‘lishidan qat’i nazar, yulduzlar obunachilari bilan hayotlaridagi har bir lahzani baham ko‘rishga harakat qilishadi.

Ko‘raylik-chi, bugungi turk shou biznesida kim Instagram’da mashhur va eng ko‘p obunachilarga ega ekan.

Turkiyaning taniqli aktyori Engin Akyurek mart oyida Instagram’da o‘z sahifasini ochdi va 9 kun ichida 300 mingdan ortiq obunachiga ega bo‘ldi.

Foto: «Kinoteka.ru»
Kivanch Tatlitug‘ning esa 3,4 million obunachisi bor.

Foto: «Kinoteka.ru»
Beren Saat ko‘plab ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashi bilan tanilgan mashhur turk aktrisasi. Mashhur bo‘lishiga qaramay, uning 4,9 million obunachisi bor.

Foto: «Kinoteka.ru»
Jem Yilmaz — aktyor va ssenariylar muallifi, 5 million obunachiga ega.

Foto: «Kinoteka.ru»
Tuba Buyukustun — 5,1 million obunachiga ega bo‘lgan aktrisa.

Foto: «Kinoteka.ru»
Hazal Kaya — aktrisa, 6,3 million obunachiga ega.

Foto: «Kinoteka.ru»
Kerem Bursin eng mashhur yosh aktyorlardan biri, ijtimoiy tarmoqlarda faol, 7,2 million obunachisi bor.

Foto: «Kinoteka.ru»
Jan Yaman — aktyor, hozirda Italiyada yashaydi va butun dunyoda juda mashhur. Yosh aktyorning obunachilari soni 8,2 million kishini tashkil qiladi.

Foto: «Kinoteka.ru»
Demet Akalin 9,2 million obunachiga ega taniqli qo‘shiqchi.

Foto: «Kinoteka.ru»
Fahriye Evjen — aktrisa, Burak O‘zchivitning rafiqasi ham o‘z sahifasida juda faol. Uning obunachilari soni 11,5 million kishini tashkil qiladi.

Foto: «Kinoteka.ru»
Neslihan Atagul ham 11,7 million obunachiga ega bo‘lgan eng mashhur aktrisalardan biridir.

Foto: «Kinoteka.ru»
Demet O‘zdemir 12,6 million obunachiga ega bo‘lgan turk aktrisasi.

Foto: «Kinoteka.ru»
Burak O‘zchivit butun dunyoda, ayniqsa Yaqin Sharqda katta shuhrat qozongan, 17 million obunachiga ega bo‘lgan kelishgan aktyor.

Foto: «Kinoteka.ru»
Va nihoyat 21 million obunachiga ega bo‘lgan yosh va go‘zal aktrisa Xande Erchel. U o‘zining Instagram sahifasida obunachilar soni bo‘yicha Fehriye va Neslihanni ortda qoldirdi.

Foto: «Kinoteka.ru»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turk aktrisasi Xande Erchel Instagram’dagi obunachilari soni bo‘yicha Neslihan va Fahriyeni ortda qoldirdi