12:25 / 12.04.2021
2 263

Nukusda II Xalqaro baxshichilik festivali o‘tkaziladi

Nukusda II Xalqaro baxshichilik festivali o‘tkaziladi
«II Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va baxshichilik san’atini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yilda II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali Nukus shahrida o‘tkaziladi.

Festivalni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqori tashkiliy daraja va badiiy saviyada o‘tkazish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, Festivalni joriy yilda o‘tkazish muddati sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda belgilanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Nukusda II Xalqaro baxshichilik festivali o‘tkaziladi