11:14 / 13.04.2021
4 662

36 yoshli xonanda va aktrisa Dineyra turmushga chiqdi

36 yoshli xonanda va aktrisa Dineyra turmushga chiqdi
Foto: Instagram / @nilufarusmonova
Xonanda va aktrisa Dineyra (Dinara Hasenova) 12 aprel kuni turmushga chiqdi. Uning visol oqshomi poytaxtdagi restoranlardan birida yaqinlari va do‘stlari qurshovida nishonladi.

Ma’lumot uchun, Dineyra taxallusi ostida ijod qiluvchi xonanda Dinara Hasenova 1985 yil 21 iyul kuni Navoiy viloyatida tavallud topgan. U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. San’atga bo‘lgan qiziqish uni qo‘shiqchilik sohasiga yetaklagan.

Xonandaning 2007 yilda ijro etgan «Alvido», 2008 yilda ijro etgan «Raqsga tushgin» qo‘shiqlari unga omad olib keladi. Ayniqsa, taniqli xonanda Shohruxxon bilan kuylagan «Manzillar» deb nomlangan dueti ularning xit qo‘shig‘iga aylangan.

Shuningdek, Dineyra faoliyati mobaynida Zebo Navro‘zovaning «Yor-yor qani?», «Baxt izlab» filmlarida suratga tushgan. U Nozim To‘laxo‘jayevning «Visol» filmida Adiz Rajabov bilan birga bosh rolni ijro etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 36 yoshli xonanda va aktrisa Dineyra turmushga chiqdi