20:53 / 15.04.2021
3 928

Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen o‘g‘lining 2 yoshga to‘lganini nishonladi (foto)

Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen o‘g‘lining 2 yoshga to‘lganini nishonladi (foto)
2021 yil 13 aprel kuni Turkiyaning mashhur juftligi Fahriye Evjen va Burak O‘zchivit farzandining tug‘ilgan kunini nishonladi. Karan 2019 yilda dunyoga kelgan.

Foto: Instagram / @evcenf
Pandemiya sabab katta bayram tashkil qila olmagan juftlik tug‘ilgan kunni kichik doirada nishonlagan. Unda ular va Burakning ota-onasigina ishtirok etgan. Shunga qaramay, ushbu kun esda qolarli bo‘lishi uchun uy hovlisi sharlar bilan bezatilgan va o‘ziga xos ko‘rinishga ega tort buyurtma qilingan.

Foto: Instagram / @evcenf
O‘g‘lining surati bilan Instagram sahifasida bo‘lishgan Burak O‘zchivit o‘g‘liga uzoq umr tilagan. Xuddi shu surat
bilan o‘z sahifasida bo‘lishgan Fahriye ham hayotlari quvonch, baxtga to‘la bo‘lishini tilab, Karanni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan.

Foto: Instagram / @evcenf
Suratlarda Burakning ota-onasi va jiyani borligini ko‘rish mumkin. Muxlislar ham qarab turmagan, dunyoning turli burchaklaridagi fanatlar tabriklar bildirgan va sovg‘a sifatida kasal bolalarni qo‘llab-quvvatlaydigan ijtimoiy jamg‘armalarga xayriya qilgan.

Foto: Instagram / @evcenf

Foto: Instagram / @evcenf
Fahriya va Burak bunga javoban minnatdorchilik bildirgan: «Karanning tug‘ilgan kuni munosabati bilan qilgan xayriyalaringiz uchun qancha minnatdor bo‘lsak, shuncha kam. Sizni yaxshi ko‘ramiz fandom oilamiz», — degan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen o‘g‘lining 2 yoshga to‘lganini nishonladi (foto)