15:30 / 24.04.2021
4 729

«Jazman bo‘lmaganim uchun san’atdan uzoqlashtirishdi». Nargiza Abdullayeva o‘ziga bo‘lgan nojo‘ya takliflar haqida gapirdi

«Jazman bo‘lmaganim uchun san’atdan uzoqlashtirishdi». Nargiza Abdullayeva o‘ziga bo‘lgan nojo‘ya takliflar haqida gapirdi

Aktrisa Nargiza Abdullayeva «Sevimli» telekanalining «O‘zim» loyihasiga bergan intervyusida o‘rtahol oiladan chiqqanligi tufayli birinchi turmushidan ajrashgani, ayrim insonlarning nojo‘ya takliflariga ko‘nmagani ortidan esa kinolarda ko‘rinmay ketgani haqida so‘zlab berdi.

«Birinchi turmush o‘rtog‘imga teggim kelmagan. Men san’atdaman, ishlashim kerak deganman. Lekin taqdir ekan, to‘yimiz bo‘lib ketdi. Keyin bilsam, meni sevib olmagan. Meni kinoga chiqqanim uchun o‘rtoqlari bilan bahslashib olgan. O‘zlari tan olganlar. O‘rtoqlari ham aytib qo‘ygan. Mehr bo‘lmagan, e’tibor bo‘lmagan umuman. Keyin biz o‘rtahol bo‘lganmiz, ular mendan ko‘p narsa kutishgan. Ota-onam ham borini qildi, borini kiydirgan. U payt 40 ta tog‘ora bo‘lmasa, sizning obro‘yingiz to‘kilgan payt bo‘lgan. Ota-onam rosa qiynalgan, qizim uchun deb qilishgan. Lekin baribir bo‘lmadi. Bo‘lgan gaplarni hammasini ayta olmayman. Ajrashmaganlar, juda qiyin bo‘lgan. Ketib qolardim, uyimga kelib, mashinaga solib olib ketardilar, bo‘g‘ardilar. Aybim o‘rta hol bo‘lganim edi», — deya hikoya qiladi aktrisa birinchi oilasi buzilgani haqida.

«Ikkinchi oila taklifi ham bo‘lgan, bekitmayman. Hashamatli uy-joy, qimmat mashina, xohlagan joyingizga borasiz, lekin bu mening baxtimmas. Buni men baxt deb bilmayman. Birovning erini bekitib olib yurib ko‘chada... Uniki u, meniki emas... Yaxshi kunlarini men bilan o‘tkazmaydi, to‘y-hashamlarda yonimda turib bera olmaydi. Bu baxtmas. Agar mening niyatim bo‘lganida shu ishlarni qilib ketgan bo‘lardim, qilmadim. O‘zimni tushunadigan, o‘zimning yonimda erim bo‘lsin. Bolalarim ‘Adam kim, qani?’ deganida ko‘rsata oladigan bo‘lay, deb kutdim», — deydi aktrisa.

«Juda katta takliflar tushgan, meni san’atdan olib tashlashgan. Men ularning taklifiga ko‘nmaganim uchun. Shunaqa qo‘li hamma yoqqa yetadigan insonlar bor edi. Men ularning jazmani bo‘lmaganim uchun san’atdan uzoqlashishimga to‘g‘ri kelgan. Qarang, hayotni? Men ham ayrim insonlarga o‘xshab, san’atda chiqishim kerak ekan, menga uy, mashina olib beryapti-ku, nima qilibdi ikkinchi, uchinchi xotin bo‘lib yursam, desam bo‘lardi-ku?! Lekin nima qilaman, birovning baxtini yarim qilib. Shuning uchun ham men san’atdan ketdim orada, yo‘q bo‘lib qoldim. Chunki menga yo‘l qo‘yishmadi», — deydi Nargiza Abdullayeva.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Madaniyat » «Jazman bo‘lmaganim uchun san’atdan uzoqlashtirishdi». Nargiza Abdullayeva o‘ziga bo‘lgan nojo‘ya takliflar haqida gapirdi