11:05 / 26.04.2021
2 178

«Ko‘chmanchilar yeri» rejissyori «Oskar» oldi


Bosh rolda — Frensis Makdormend.
Filmdan lavha

Amerika kinoakademiyasining 93-taqdirlash marosimida nufuzli «Oskar» mukofoti «Eng yaxshi rejissyor» yo‘nalishida Xloya Chjaoga «Ko‘chmanchilar yeri» filmi uchun topshirildi.

Xloya Chjao. Foto: «KinoReportyor»
Xloya Chjao Xitoyda tug‘ilgan, AQSHda yashab, ishlaydi.
«Ko‘chmanchilar yeri» filmi ishsiz qolib, Amerika bo‘ylab darbadarlikda kun kechirishga majbur bo‘lgan ayol haqida. Bosh rolni ijro etgan Frensis Makdormend film prodyuserlaridan biri ham sanaladi.

Ushbu filmi uchun Chjao AQSH rejissyorlar gildiyasining mukofotini qo‘lga kiritgan, shuningdek, kinoasar «Eng yaxshi dramatik film» yo‘nalishida «Oltin globus» mukofotiga ham sazovor bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Ko‘chmanchilar yeri» rejissyori «Oskar» oldi