00:30 / 04.05.2021
4 067

Ramazonda ro‘za tutganlar


Duo qilib necha oy oldin,
Ramazonni intiq kutganlar.
Mohi Sharif muborak bo‘lsin,
Ramazonda ro‘za tutganlar.

Masjidlar sari bosib qadam,
Tarovihda bo‘lib jamul-jam,
Qur’on tinglab ko‘zlarida nam,
Ramazonda ro‘za tutganlar.

Savob ko‘zlab iftorlar qilar,
Har bir damni g‘animat bilar,
El-u yurtga yaxshilik tilar,
Ramazonda ro‘za tutganlar.

Ibodatda peshqadamdirlar,
Saxovatda peshqadamdirlar,
Kamolotda peshqadamdirlar,
Ramazonda ro‘za tutganlar.

Kunduz soim, tunlari qoim,
Robbisining zikrida doim,
Nasib etsin jannat un-na’iym,
Ramazonda ro‘za tutganlar.

Qadr tuni bo‘lishar bedor, 
Yuzida tahajjud nuri bor,
Ming oylik savobdan umidvor,
Ramazonda ro‘za tutganlar.

Ikki dunyo baxtingiz kulsin, 
Savob poygasida yutganlar,
Hayitingiz muborak bo‘lsin,
Ramazonda ro‘za tutganlar!

Dovud Abdulg‘afur

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ramazonda ro‘za tutganlar