20:00 / 10.05.2021
4 864

Ozodbek Nazarbekov vazirlikdan bo‘shaganidan so‘ng nima ish qilishini aytdi


Foto: Instagram / @ozodbek_axmadovich
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishdan bo‘shaganidan so‘ng, qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishi haqida so‘zlab berdi.

«Endi, vazir bo‘lgunimcha rejalashtirgan rejalarim bor edi, o‘shalarni amalga oshiraman. Ya’ni yoshlarni tarbiyalash. Oldin ham shu ish bilan shug‘ullanib kelganman, endi shu ishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yaman. Yosh iste’dodlarni topib, ularni qo‘ldan kelgancha tarbiyalab, yo‘l ko‘rsatib, albomlarini shakllantirib, san’at olamiga kirib kelishiga yordam berish rejamda bor. Buning uchun imkoniyatlarim, resurslarim, o‘sha industriyani tayyorlab qo‘yganman. Lekin hozircha pauza bosilgan. O‘ylaymanki, bu lavozimdan ketsam, shu ish bilan shug‘ullanaman», — deydi Ozodbek Nazarbekov.

«Madaniyat sohasida tubdan islohotlar qila olgan vazir sifatida eslashlarini xohlayman. Eng muhimi yomonotliq sifatida eslanmasam, shuning o‘zi kifoya», — deydi madaniyat vaziri uni qanday eslashlarini istashi haqida gapirar ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov vazirlikdan bo‘shaganidan so‘ng nima ish qilishini aytdi