21:16 / 15.05.2021
3 463

Pikassoning «Deraza qarshisida o‘tirgan ayol» kartinasi auksionda 103 mln dollarga sotildi


Foto: Twitter / Christie’s
Pablo Pikassoning «Deraza qarshisida o‘tirgan ayol» («Mariya-Tereza») kartinasi auksionda 103,4 million dollarga sotildi. Bu haqda Christie’s kimoshdi uyiga tayanib, Esquire xabar berdi.

Rassomning 1932 yilda ishlangan kartinasi 19 daqiqada sotilib ketdi. Yakuniy baho 90 million dollarni tashkil etgan, biroq yangi xaridorning qo‘shimcha barcha to‘lovlari hisobiga u 103,4 million dollarga aylangan. Savdolar avvalida ekspertlar uni 55 million dollarga baholagan edi.

«Deraza qarshisida o‘tirgan ayol» so‘nggi bor 2013 yilda auksionga qo‘yilgan edi. O‘shanda u 44,8 million dollarga anonim xaridorga sotilgandi.

Shuningdek, auksionda boshqa rassomlarning ishlari ham sotilgan: Klod Monening 1899—1903 yillar yaratilgan «Vaterloo ko‘prigi. Tuman effekti» kartinasi — 48 million dollar, Mark Rotkoning 1970 yildagi «Nomsiz» kartinasi — 38,1 million dollar.

Shuningdek, sotilgan kartinalar orasida Van Gogning «Trinkvetayldagi ko‘prik» (37,4 million dollar), Endi Uorxolning «Ikki Merilin» (15,8 million dollar), Mark Shagalning «Fleytist» (1,6 million dollar) asarlari ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Pikassoning «Deraza qarshisida o‘tirgan ayol» kartinasi auksionda 103 mln dollarga sotildi