21:37 / 24.05.2021
4 262

Ozodbek Nazarbekov: «Alisher Uzoqov va Akbarxo‘ja Rasulov xorijga ketgani sabab o‘zbek kinosi jar yoqasida qoldi, deyish noto‘g‘ri»


Foto: «Toshkent besh tashabbus harakati»
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 24 may, dushanba kuni «Toshkent 5 tashabbus harakati» yoshlar festivali doirasidagi uchrashuvda o‘zbek kinosining bugungi ahvoli, xorijga chiqib ketayotgan aktyorlar borasida berilgan savollarga javob qaytardi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«Alisher Uzoqov yoki Akbarxo‘ja Rasulovlar o‘zbek kinosi muammolar girdobida qolgan bir paytda san’atni tark etib boshqa sohaga o‘tib ketishdi. Ammo bu ikki aktyor ketgani sabab o‘zbek kinosi jar yoqasida qoldi, deyish noto‘g‘ri. Bu ikki yoki uch kishiga bog‘liq holatmas.

Bilganim bo‘yicha, lekin bu aniq raqamlar emas, taxminan, o‘zbek kinosi uchun 1 yilda 60-70 milliard so‘m pul ajratiladi. Buning uchun esa 20 ga yaqin kino ishlash bo‘yicha davlat buyurtmasi bo‘lgan. Aslida esa mana shu 60-70 milliard so‘m bitta kino budjeti bo‘lishi kerak. Ana shundagina  biz aktyorlarni ushlab qolishimiz va sifatli filmlar yaratishimiz mumkin bo‘ladi.

O‘zbek kinosidagi eng asosiy kamchilik — bu yuqorida aytganimdek, budjetda. Kinoga ajratilayotgan pullar salmog‘i katta bo‘lmas ekan, bu borada o‘zgarishlar bo‘lishi qiyin
», — deya ta’kidlab o‘tdi Nazarbekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov: «Alisher Uzoqov va Akbarxo‘ja Rasulov xorijga ketgani sabab o‘zbek kinosi jar yoqasida qoldi, deyish noto‘g‘ri»