11:31 / 28.05.2021
3 173

«Hatto notalar ham o‘rgatilmayapti» – Ozodbek Nazarbekov


O‘zbekistondagi 10 mingta maktabni musiqa fani o‘qituvchilari bilan ta’minlash muhim masalalardan biri sifatida qolmoqda. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 24 may, dushanba kuni «Toshkent 5 tashabbus harakati» yoshlar festivali doirasida OAV vakillariga bergan intervyusida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda «Daryo».

«Umumta’lim maktablarida musiqa fani deyarli yo‘q. Borlarida ham boshqa soha vakili dars o‘tyapti. Ya’ni xalq ta’limi yo‘nalishida musiqiy ta’lim allaqachon o‘ninchi darajaga tushib qolgan, bu ochiq haqiqat. Masalan, shaxsan men notani o‘zim o‘qigan oddiy maktabda o‘rganganman. Bugungi kunda maktablarda hatto notalar ham o‘rgatilmayapti. O‘quvchi musiqa maktabiga borsagina, musiqadan ozgina xabardor bo‘lyapti.

Bu ham kun tartibida turgan muhim masalalardan biri. Biz bu borada Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ko‘p rejalarni belgilab olganmiz, kelishuvlarimiz bor. Eng avvalo, 10 mingta maktabni musiqa fanidan dars o‘tuvchi mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash masalasi turibdi. Bu birdaniga yechiladigan muammo emas. Shu kabi masalalarni bosqichma-bosqich hal etmoqchimiz», — dedi Nazarbekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Hatto notalar ham o‘rgatilmayapti» – Ozodbek Nazarbekov