09:30 / 09.06.2021
2 364

Toshkentda Botir Zokirovning, Urganchda esa Muhammad al-Xorazmiyning yangi haykali o‘rnatiladi


Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 iyun kuni madaniyat va ma’rifat sohalariga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy bog‘i hududida bunyod etiladigan zamonaviy kutubxona qurilishi rejalashtirilgan. Loyihaga ko‘ra, bu yerda 3 qavatli kutubxona qurilib, atrofida yashil hudud barpo etiladi. Binoning birinchi qavatida san’at va axborot texnologiyalari, ikkinchi qavatda tarix, filologiya va dinga taalluqli, uchinchi qavatda ijtimoiy fanlarga oid adabiyotlar jamlanadi.

Ushbu kutubxona adabiyot, ilm-fan va san’atning turli yo‘nalishlariga oid bosma va elektron nashrlar, elektron hujjatlar, jami 1,5 milliondan ortiq kitoblar fondini qamrab oladi.

Davlat rahbari kutubxonani qurishda shaharsozlikning ilg‘or tajribalarini qo‘llash, keluvchilarga qulay sharoitlar yaratish zarurligini ta’kidladi.

Ta’kidlanishicha, navbatdagi loyihalar ham madaniyat rivojiga qaratilgan. Jumladan, Urganch shahrida Muhammad al-Xorazmiyning yangi haykalini va uning atrofida xiyobon barpo etish rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentning 2020 yil 2 dekabrdagi qaroriga muvofiq, 2021 yilda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahrida san’atkor haykalini o‘rnatish belgilangan.

Taqdimotda shu borada Badiiy akademiya tomonidan tanlab olingan haykal eskizlari ko‘zdan kechirildi. Haykallar o‘rnatiladigan xiyobonlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Toshkentda Botir Zokirovning, Urganchda esa Muhammad al-Xorazmiyning yangi haykali o‘rnatiladi