18:00 / 20.06.2021
24 442

«Qodirxon» seriali qahramoni Marjona Mirzaaliyeva Davron Asqarov bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi (video)


Foto: YouTube
«Qodirxon» seriali qahramoni Marjona Mirzaaliyeva partnyori Davron Asqarov bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi.
Bu haqida aktrisa YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Davron Asqarov yaxshi inson, juda yaxshi partnyor, yaxshi hamkasb. Hayotda shunchaki hamkasbmiz. Kino boshqa, hayot boshqa. Ko‘p muxlislar kinoda ko‘rganlaridek qabul qilishdi, lekin oramizda hech qanday jiddiy munosabat yo‘q.

Davron Asqarov mendan oylikka kichkina. U bilan Instagram stories’lar qo‘ymayotganim sababi oddiy, film s’yomka jarayonlari tugagan. Hamma o‘zining hayoti bilan yashamoqda.

Instagram’da giveaway o‘tkazayotganimiz sabab men hammani, shu qatorda Davron Asqarovni ham unfollow qildim. Davron aka meni nega unfollow qilganliklarini esa bilmayman, balki men unfollow qilganim uchundir. Bir-birimizdan buning sabablarini so‘ramadik ham.

Men Davron Asqarovni hurmat qilaman. Aniq aytishim mumkinki, u meni sevmagan. U meni partnyor sifatida ko‘rgan", - dedi Marjona Mirzaaliyeva.

Marjona Mirzaaliyeva, Davron Asqarov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Qodirxon» seriali qahramoni Marjona Mirzaaliyeva Davron Asqarov bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi (video)