18:00 / 16.07.2021
8 875

Munisa Rizayevaning onasi qizining nima sababdan haligacha turmush qurmayotgani haqida gapirdi


Xonanda Munisa Rizayevaning onasi Dilorom Rizayeva «Kunutun Tv» YouTube-kanaliga intervyu berdi. Intervyuda Dilorom Rizayeva qizi Munisaning haligacha oila qurmayotgani haqida ham gapirib o‘tdi.

«Munisa ikkita oliy ma’lumotli qiz. Shunday darajaga erishgan qiz. Sovchilar kelishadi Qashqadaryodan, Surxondaryodan. Oliy ma’lumoti yo‘q. Men yomon demayman ularni. Yaxshi-yaxshi oilalardan kelishadi. Lekin ma’lumot, ilm darajasi har xil. Munisa ‘Oyi, bu inson menga qiziq emas, turmush o‘rtog‘im mendan aqlliroq bo‘lishi kerak. Men ishimda liderman, lekin turmushda ham lider bo‘lishni istamayman’, deydi. Yaqinda bitta yaxshi oiladan sovchi keldi. Munisa tanishib, gaplashib yurdi. Biroz vaqtdan so‘ng ‘Munisa qo‘shiq aytmasin, sahnani tashlasin’, deyishdi. Vaholanki, ular sovchi bo‘lib kelishayotganida bilishgan-ku, qayerga kelayotganini. Munisa ularga ham rad javobini berdi», — deydi Dilorom Rizayeva.

Shuningdek, xonandaning onasi Munisa turmushga chiqmoqchi bo‘lgan yigitlarga qo‘yiladigan talablarni ham sanab o‘tdi.
«Birinchi o‘rinda oliy ma’lumotli bo‘lishi kerak. ‘Agar oliy ma’lumoti bo‘lmasa, ko‘rishmayman ham, gaplashmayman ham’, deydi Munisa. Ikkinchidan, ma’lumoti bor, shu yoshgacha nimaga erishgani muhim. Chunki Munisaning o‘zi 34 yoshda, unga uylanmoqchi bo‘lgan yigitlar kamida 34 yoki 35 yoshda bo‘lishi kerak», — deydi Munisaning onasi.

Jurnalist Nilufar Sotiboldiyeva Dilorom Rizayevadan «O‘zbekchilikda 34-35 yoshgacha turmush qurmagan yigitlar juda kam. Munisa Rizayevaga uylanmoqchi bo‘lgan yigit turmush qurmagan bo‘lishi kerakmi?», — deb so‘radi.

«Hayotda har xil vaziyat bo‘lishi mumkin. Oila qurib, ajrashgan bo‘lsa, Munisa undan farzandlari haqida so‘raydi. Agarda erkak ‘Bolalarim onasi bilan qolgan. Men ularga qaramayman, yordam bermayman’, deb javob bersa, Munisa bunday insonga ham rad javobini beradi. Chunki oila qurib, farzandli bo‘lgan erkak farzandlari taqdiriga mas’ul», — deydi Dilorom Rizayeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizayevaning onasi qizining nima sababdan haligacha turmush qurmayotgani haqida gapirdi