18:13 / 22.07.2021
3 317

Britni Spirs boykot e’lon qildi: U toki otasi vasiylik qilar ekan sahnaga chiqmoqchi emas


Foto: Getty Images
Britni Spirs Instagram’ida nazoratni qo‘lga kiritganidan so‘ng muxlislarining hayratlanishiga sabab bo‘ladigan postlarni joylashni kanda qilmayapti. Uning so‘nggi qaydlaridan biri toki otasi uning hayotini butkul nazorat qilar ekan, musiqiy karerasini davom ettirish niyati yo‘qligi mazmunida yozilgan.

Yulduz joylagan videosidagi raqsini tanqid qilgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga ham javob qaytargan. «Mening videodagi raqsimni tanqid qilishga qaror qilganlarga: toki otam nima kiyishim, gapirishim, qilishim va o‘ylashimni nazorat qilar ekan, yaqin orada sahnaga chiqmoqchi emasman».

Xonanda muxlislari undan uzoqda, hatto qo‘l berib ko‘risha olmaydigan konsertdagi qaydlardan ko‘ra, uydagi raqslari bilan bo‘lishish yoqimliroq ekanini qo‘shimcha qilgan. Shuningdek, u eski qo‘shiqlarini remiks qilish va yangi kompozitsiyalar yoza olish o‘zining qo‘lida bo‘lmaguncha sahnaga chiqishga urinmasligini ta’kidlagan.

Fursatdan foydalangan Spirs konsertlarda uning qo‘shig‘ini kuylaydigan singlisi haqida ham gapirib o‘tgan. «Singlimning taqdirlash marosimida paydo bo‘lib, qo‘shiqlarim remiksini kuylagani menga yoqmayapti».

Britni vasiylik uning barcha orzularini o‘ldirgani, ammo shunga qaramay otasining bosimidan qutulishdan umidini uzmaganini yozib qoldirgan. Uning yozganlarini qo‘llab-quvvatlagan holda dugonasi Peris Hilton: «Chiroyli hayot kechir. Sen baxtli bo‘lishga arziysan», — deb izoh qoldirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Britni Spirs boykot e’lon qildi: U toki otasi vasiylik qilar ekan sahnaga chiqmoqchi emas