15:03 / 01.08.2021
8 914

«Daydi qiz» — Fotima Berdiyeva rejissyorlar «zapret’iga tushgani, bosh rol uchun 1,5 ming dollar so‘rashgani haqida


Solih Qahhorning shu nomli asari asosida suratga olingan «Daydi qizning daftari» seriali qisqa fursat ichida tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Unda bosh rol Taxmina obrazini gavdalantirgan aktrisa Fotima Berdiyeva «M-kokteyl» ko‘rsatuviga intervyu berdi. Intervyuda aktrisa kinoga qanday kirib kelgani, faoliyati davomida o‘zi duch kelayotgan qiyinchiliklar hamda shaxsiy hayoti haqida gapirdi.

«Kastinglarga borib yurgan paytimda bosh rolga pul so‘rashgan. Adamdan so‘raganimda mayli, pul beraman, deganlar. Keyin o‘zim o‘ylab ko‘rib, pul to‘lab, kinoda suratga tushish fikridan qaytganman. Shundan keyin kastinglarga bordim, ko‘pchilik menga noto‘g‘ri fikr bildirdi. ‘O‘zbekfilm’ga ham borganman. To‘g‘risi, bir-ikkita odamga shantaj qilishimga to‘g‘ri kelgan, chunki menga juda ham qo‘pol gaplarni gapirishgan. Keyin hamma rejissyorlar meni bir-biriga aytib, kino va kliplarda suratga tushishimga ‘zapret’ qo‘ygan. Rejissyor Sunnat Namozov bilan tanishganimdan keyin u meni bir klipga taklif qilgan», — deydi aktrisa ma’lum muddat rejissyorlar «zapret»ida bo‘lgani haqida gapirib.

Foto: Instagram / @daydi_qizning_daftari_official
Aktrisa, shuningdek, qaysi rejissyor undan filmdagi bosh rol uchun 1,5 ming dollar so‘ragani haqida ham aytib o‘tdi.
«Rejissyor Bekzod Joniyev bosh rolni o‘ynashim uchun mendan 1,5 ming dollar so‘ragan. Davlatbek Yo‘ldoshev hamda Baxtiyor aka ismli operator meni ‘O‘zbekfilm’da meni sahnaga chiqarib qo‘yib, ustimdan kulishgan. Telefonimning quvvatlantirgichi ishlamagani uchun sahna yaqiniga quvvatlantirishga qo‘yib, bir necha marta xabar olib yurganman. U yerdan chiqqanimdan keyin sizlarning gapingizni yozib oldim, hozir ustingizdan IIBga arz qilaman, deganimdan so‘ng, ular mendan kechirim so‘rashgan. Keyin telefonimda hech qanday yozuv bo‘lmaganini ularga aytganman», — deydi Fotima.

Foto: Instagram / @daydi_qizning_daftari_official
Fotima serialdagi ayrim ochiq sahnalar qanday suratga olinganiga ham to‘xtaldi.
«Serialdagi yotoq sahnalarida ko‘pchilik meni kiyimsiz deb o‘ylaydi, lekin unday emas. Shuncha erkakning oldida kiyimsiz yura olmayman-ku», — deydi aktrisa.

Ma’lumot uchun, Fotima Berdiyeva 2000 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. U kinodagi faoliyatini «Ummon» guruhining «Qo‘g‘irchoq» klipidagi ommaviy sahnalardagi ishtirokidan boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Daydi qiz» — Fotima Berdiyeva rejissyorlar «zapret’iga tushgani, bosh rol uchun 1,5 ming dollar so‘rashgani haqida