14:30 / 22.08.2021
8 367

Ozoda Nursaidova ilk marta 15 yil «zapret»ga tushishiga sabab bo‘lgan voqea haqida so‘zlab berdi

Ozoda Nursaidova ilk marta 15 yil «zapret»ga tushishiga sabab bo‘lgan voqea haqida so‘zlab berdi
Xonanda Ozoda Nursaidova «Milliy» telekanalining «Inson qadri» ko‘rsatuviga bergan intervyusida «zapret»ga tushishiga sabab bo‘lgan voqea, umidsizlikka tushib, O‘zbekistondan ketish haqida o‘ylagani haqida so‘zlab berdi.

«Surxondaryoga gastrolga bordim. Konsert pulini berishmadi. O‘sha paytda administratorlarning o‘yiniga tushib qolganmiz. Ikkinchi kuni Sho‘rchiga ham boringlar, ikkita konsertning pulini ham beramiz, deyishdi. Bordik. Konsert boshlanishiga bir soat qolgan. Tashkilotchilar ham yo‘q, pul ham yo‘q. Sozandalarim konsert bo‘ladigan stadionga joylashib olgan. Men o‘zim stadion oldidagi kafeda o‘tiribman. Konsert boshlanyapti, meni olib ketishga hech kim kelmayapti.

Konsert tashkilotchilari o‘sha yerda o‘tirgan odamlarga provokatsiya qilgan. Ularga Ozoda kelib, shu yerda katta janjal bo‘ldi, degan gap kerak bo‘lgan. Chiptalar sotilgan, odamlar o‘tiribdi. Meni olib ketishga hech kim kelmayapti. Stadionda katta janjal bo‘lgan. Stadion yer bilan bir tekis bo‘lgan. Shu janjal kimgadir kerak bo‘lgan. Amallab Surxondaryodan Toshkentga kelib oldim.

Yo‘llarda ham aytishgan Ozodani ushlanglar, deb. Xullas, buyoqqa kelganimdan keyin birinchi ‘zapret’ni oldim. Ozoda Surxondaryoda hunar ko‘rsatdi, odamlar janjal qilgan, deyishdi. Shu tarzda 2003 yilda birinchi marta ‘zapret’ga tushdim. 2004 yilda ‘zapret’dan chiqdim. Keyin 2006 yilda yana ‘zapret’ qilishdi», — deydi Ozoda Nursaidova.

«Bormagan, yozmagan joyimiz qolmadi. ‘Zapret’ sababini hech kim tushuntirib bera olmasdi. Inson hayotining 15 yilini shunday tortib olish qanday bo‘ladi?

Singlimga ‘Nilufar, men boshimdan o‘tganlarni yozishni boshladim. Agar menga nimadir bo‘lsa, sen bu narsalarni xalqqa tushuntirgin, men shunday o‘lib ketmayman, derdim. Yozib qoldirib ketaman, payti kelsa, odamlarga aytgin, men yomonotliq bo‘lib o‘lib ketmay’, derdim. Shunday kunlar bo‘lardi, onamdan har kuni rozilik so‘rardim. ‘Nilufar, mana shu oxirgi albomim, shundan keyin san’atni yig‘ishtiraman’, derdim
», — deydi Ozoda Nursaidova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozoda Nursaidova ilk marta 15 yil «zapret»ga tushishiga sabab bo‘lgan voqea haqida so‘zlab berdi