07:00 / 29.08.2021
2 429

O‘zbekistonda Foreign Languages teleradiokanali tashkil etiladi

O‘zbekistonda Foreign Languages teleradiokanali tashkil etiladi
«Foreign Languages xorijiy tillar teleradiokanalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori (546-son, 2021 yil 27 avgust) qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi «Oilaviy» telekanali negizida xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Foreign Languages xorijiy tillar teleradiokanali tashkil etiladi.

Telekanal o‘z dasturlarini bir kecha-kunduzda, 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatadi, bunda har kuni kamida 3 soat efir vaqti xorijiy tillarni onlayn o‘rgatishga ajratiladi.

Bolalar uchun mo‘ljallangan xorijiy tildagi televizion asarlar dublyajsiz, asl tilida, zarur hollarda o‘zbek, ingliz va rus tillarida titrli tarjima qilgan holda efirga uzatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonda Foreign Languages teleradiokanali tashkil etiladi