11:11 / 01.09.2021
2 781

Turk aktyori Chig‘atay Ulusoy aktrisa Duygu Sarishinga uylanadi

Turk aktyori Chig‘atay Ulusoy aktrisa Duygu Sarishinga uylanadi
Foto: Haber
O‘zbek muxlislariga «Ichkarida» serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan turk aktyori Chig‘atay Ulusoy turmush qurishga qaror qilgan.

«Aksham» nashrining ma’lum qilishicha, aktyorning to‘y marosimi keyingi yozgacha qoldirilgan. Ta’kidlanishicha, marosimda 150 nafar mehmon ishtirok etadi. Tashkilotchilarning hali ancha vaqt borligiga qaramay, ishga kirishganidan kelib chiqib taklif qilinganlar orasida yulduzlar bisyor bo‘lishini taxmin qilish mumkin.

Turkiyaning eng kelishgan ijodkorlaridan biri ekani aytiladigan aktyor kinosanoatning boshqa bir vakili, aktrisa Duygu

Sarishinga uylanadi. Chig‘atayning o‘zi shaxsiy hayoti tugul yangi loyihalari haqida ham ma’lumot berishni istamaydi. Shunga qaramay, juftlikning pandemiya tufayli darslarga qatnasha olmagan o‘quvchilarga yordam qo‘lini cho‘zib, xayriya bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘lgan. Qayd qilinishicha, aktyor qaylig‘i bilan birga bolalarni zarur o‘quv qurollar, yeguliklar, kiyim va poyabzallar bilan ta’minlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turk aktyori Chig‘atay Ulusoy aktrisa Duygu Sarishinga uylanadi