21:11 / 09.09.2021
14 136

Jahongir Xo‘jayev hamkasbi Asal Abdullayevaga uylanayotganini ma’lum qildi (video)

Jahongir Xo‘jayev hamkasbi Asal Abdullayevaga uylanayotganini ma’lum qildi (video)
Foto: «Daryo»
Zo‘r TV boshlovchisi, «Aristokratlar» kulgi jamoasi sardori Jahongir Xo‘jayev o‘zining shogirdi va hamkasbiga uylanmoqda.
Bu haqda Jahongir Xo‘jayev «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma’lum qildi.

- "Uylanish jarayoni hozir 99 foizda turibdi, 100 foiz bo‘lganida bemalol, «karrilab» aytib yuborsam yaxshi bo‘lardi. Xudo xohlasa, duo qilib turinglar, nasib bo‘lsa, 2021 yilda to‘yimiz bo‘ladi. Bu haqda hech qaysi intervyuda ham gapirmaganman. O‘zimning hamkasbim, shogirdim bilan oila quryapmiz.

Tanishishimiz ham qiziq bo‘lgan. Dance degan ko‘rsatuvga qiz bola boshlovchi kerak bo‘lib qoldi. «Diyor bilan boshlovchilik qilaman» desam, Aziz aka «qiz bola boshlovchi toping», dedilar. Bir qizni tanirdim, rasmini ko‘rsatib «shu qiz bor», dedim, u vaqtda kichkina qizcha edi. U tasdiqlandi va ko‘rsatuvni birga olib bordik.

Qarasam xarakteri yaxshi, o‘zi ham yaxshi qiz ekan. Tanishib, bir-birimizni bilib, shu kungacha yetib keldik. Xudo xohlasa, shu yilda to‘y qilsak, yangi hayot, yangi maqsadlar boshlanadi.

Hozir fotiha to‘yi bo‘lib o‘tdi. Xudo xohlasa, hamkasbim Asal Abdullayeva bilan oktabr yoki noyabr oyida to‘yimiz bo‘lib o‘tadi
", - deydi aktyor, boshlovchi, prodyuser Jahongir Xo‘jayev.

Ma’lumot uchun, Jahongir Xo‘jayev 1995 yil, 22 avgust kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olgan. «Aristokratlar» kulgi jamoasining sardori, «Real xit» ko‘rsatuvi boshlovchisi. Rejissyor sifatida «Payg‘ambar oshig‘i Hasan» qisqa metrajli filmini suratga olgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jahongir Xo‘jayev hamkasbi Asal Abdullayevaga uylanayotganini ma’lum qildi (video)