00:23 / 14.09.2021
3 523

Jahongir Xo‘jayev «Tundan tonggacha» filmi voqeasidan ruxsatsiz foydalangani uchun Jahongir Ahmedovdan uzr so‘radi (video)

Jahongir Xo‘jayev «Tundan tonggacha» filmi voqeasidan ruxsatsiz foydalangani uchun Jahongir Ahmedovdan uzr so‘radi (video)
Foto: «Daryo»
Aktyor va shoumen Jahongir Xo‘jayev «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Jahongir Xo‘jayev o‘zining navbatdagi Instagram konkursi lavhasida «Tundan tonggacha» filmi voqeasidan foydalangan edi.

Jahongir Xo‘jayev suhbat davomida film voqeasidan ruxsatsiz foydalangani uchun film rejissyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Jahongir Ahmedovdan uzr so‘radi.

- "Jahongir akam mendan xafa bo‘lib qolgandilar. «Film voqeasidan foydalanish uchun ruxsat so‘ramading, Instagram’da ham yozib qo‘ymabsan», dedilar. Keyin ularni Instagram’da belgilab qo‘ymoqchi edim, texnik muammo sabab imkonini qila olmadim.

Yo‘lda ketayotganda o‘ylanib qoldim. Erta bir kuni mening ham filmimdan kimdir ruxsatsiz foydalansa, uni ming mashaqqatlar bilan suratga olgan bo‘lsam-u, bir og‘iz so‘ramasdan bilganini qilsa, menga ham alam qiladi», dedim.

Jahongir Ahmedovga «ustoz ,ming bor uzr, kechirim so‘rayman», dedim. Instagram «istoriyasi»ga ham «film rejissyoriga minnatdorlik bildiraman», deb yozib qo‘ydim.

Jahongir Ahmedov «Tundan tonggacha 3» filmini suratga olaman, dedilar. «Xudo xohlasa, ushbu filmni olsangiz, filmda tekinga o‘ynab beraman, bir so‘m so‘ramayman», dedim. Chunki ular zo‘r rejissyor, bunaqa filmlarimiz juda kam.

«Tundan tonggacha» filmi voqeasidan foydalanib tayyorlagan lavhamiz bir kunda 500-600 ming marotaba tomosha qilindi. Hayratda qoldim.

Muxlislarimiz filmni dialoglarigacha yoddan bilib, fikr yozib qoldirishyapti. Ko‘pchilik kino o‘lgan, deydi, lekin Alisher aka Dubaydan kelsalar, Jahongir Ahmedov bilan «Tundan tonggacha 3» filmini suratga olsak, juda zo‘r bo‘lardi
", - deydi Jahongir Xo‘jayev.

Ma’lumot uchun, «Tundan tonggacha» filmi rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan 2010 yilda suratga olingan. Filmda bosh rollarni Alisher Uzoqov, Shahzoda Muhammedova, Muhammad Iso Abdulxayirov, Lola Eltoyeva, Jumadulla Rametov, Shohida Uzoqova, Asqar Hikmatovlar ijro etishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jahongir Xo‘jayev «Tundan tonggacha» filmi voqeasidan ruxsatsiz foydalangani uchun Jahongir Ahmedovdan uzr so‘radi (video)