16:05 / 15.09.2021
1 844

Xivada katta bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi (foto)

Xivada katta bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi (foto)
Kuni kecha Xiva shahri «Turk dunyosi madaniyat poytaxti» deb e’lon qilinishiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Marosim dunyoga mashhur Ichan-Qal’a majmuasida o‘tkazildi.

Kun davomida qal’a ichida folklor jamoalari, qo‘g‘irchoq ustalarining chiqishlari, Xorazm milliy raqslari, turkiy tilli davlatlar madaniyati aks etgan suratlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Bayram Ichan-Qal’a maydonidagi amfiteatrda tashkil etilgan konsert dasturi bilan davom etdi.

Tadbir avvalida Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov nutq so‘zladi. So‘ngra so‘z TURKSOY bosh direktori o‘rinbosari Bilol Chakijiga berildi. U O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bilan tabrikladi va Erkin Vohidovning «O‘zbegim» she’rini o‘qib berdi. Turkiyalik mehmonning tabrigi olqishlar bilan qabul qilindi.

Shundan so‘ng konsert dasturi boshlanib ketdi. Xabar.uz axborot-tahliliy portali ushbu bayramdan suratlarni e’tiboringizga havola etadi.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xivada katta bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi (foto)