00:13 / 18.09.2021
2 931

Muhabbat o‘limdan ham kuchliroq ekanligi aks etgan ta’sirli filmlar (foto)

Muhabbat o‘limdan ham kuchliroq ekanligi aks etgan ta’sirli filmlar (foto)
Ba’zan kinolarda bosh qahramonlarning muhabbati shu qadar kuchli bo‘ladiki, hatto o‘limni ham yenga oladi. Cosmopolitan insonga yoki qandaydir ishga bo‘lgan muhabbat mo‘’jiza yaratishga qodirligi aks ettirilgan ta’sirli filmlar jamlanmasini e’tiboringizga havola etadi.

«Ruh» (Ghost)

Foto: Cosmopolitan
Bosh rolni gavdalantirgan Patrik Sueyzining qahramoni filmda vafot etgan bo‘lsa ham, qaylig‘ini himoya qilishda davom etadi. Yordam berish mumkin bo‘lgan imkoniyat topilmagunicha, turli qiyinchiliklarga duch keladi. Jerry Zakerning mazkur ijod mahsuli komediya, melodrama va mistik trillerni mujassam qilgani bilan o‘ziga xos.

«Qalb» (Soul)

Foto: Cosmopolitan
Pixar studiyasi tomonidan taqdim qilingan «Qalb» nomli multfilm ilk marta 2020 yil 11 oktabrda ekran yuzini ko‘rgan. Syujetga ko‘ra, hech ham omadi chopmagan musiqachi endi hammasi iziga tushayotganda hayotdan ko‘z yumadi. Shundan keyin darhol Yerga qaytishi kerak bo‘lib qoladi va buning uchun hamma narsaga tayyor bo‘ladi. Ammo u qattiq xohlagan orzu o‘ylaganidan boshqacharoq bo‘lib amalga oshadi. Qahramon Yerga o‘zining emas, mushukning tanasida qaytadi. Mazkur ijod mahsuli «Oltin Globus»ga allaqachon loyiq deb topilgan.

«Ikki olam aro» (Just like heaven)

Foto: Cosmopolitan
Rejissyori Mark Uoters bo‘lgan film 2005 yil 16 sentabrda ekran yuzini ko‘rgan. Yangi xonadonga ko‘chib o‘tgan qahramon u yerda arvoh borligiga guvoh bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, arvohning tirikligiga ishonchi komil bo‘ladi. Ularning ikkisi o‘rtasida sevgi uchqunlari alanga ola boshlaydi.

«Orzular qayerga yetaklaydi?» (What dreams may come)

Foto: Cosmopolitan
1998 yilda premerasi bo‘lgan film rejissyor Vinsent Uoard tomonidan suratga olingan. Avtohalokatda vafot etgan Kris Nilsen jannatga tushadi. Lekin o‘z joniga qasd qilib, do‘zaxga tushgan sevimli ayolisiz hech nima tatimaydi. Kris o‘z hayotidagi, to‘g‘rirog‘i, o‘limidan keyingi eng xavfli safarga, ya’ni rafiqasining ruhini topish va qutqarishga otlanadi.

«Farishtalar shahri» (City of angels)

Foto: Cosmopolitan
Nikolas Keyj filmda odamlar orasida yashaydigan va ularga tasalli berib, ko‘nglini ko‘taradigan farishtani gavdalantiradi. Meg Rayan esa farishtalar singari boshqalar haqida qayg‘uradigan va kerak bo‘lsa, o‘zini shunga bag‘ishlaydigan oddiy ayol rolini ijro qiladi. Unga lol va maftun bo‘lgan Nikolasning qahramoni sevimli ayoli bilan bo‘lish uchun qanotlari va abadiylikdan voz kechadi.

«Osmon kutishi mumkin» (Heaven can wait)

Foto: Cosmopolitan
Los-Anjeles jamoasining futbolchisi Jo Pendlton birgina xatosi bilan olamdan ko‘z yumadi. Jouning tanasi allaqachon kuyib ketgani sabab uning ruhi boshqa odamnikiga o‘tkaziladi. Natijada Pendltonning ruhi boshqa odamning — shundan keyin futbol o‘ynash jon-dili bo‘lgan obro‘li badavlat magnat tanasida yerga qaytadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Muhabbat o‘limdan ham kuchliroq ekanligi aks etgan ta’sirli filmlar (foto)