23:27 / 21.09.2021
1 010

Turkiyalik xonanda Serdar O‘rtach va «Sevgi iztirobi»dagi Asu Toshkentga keladi

Turkiyalik xonanda Serdar O‘rtach va «Sevgi iztirobi»dagi Asu Toshkentga keladi
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan 28 sentabrdan 3 oktabrgacha «Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkaziladi. Kinofestivalning tantanali ochilish marosimi Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bo‘lib o‘tadi. XIII Toshkent Xalqaro kinofestivali kutilmagan sovg‘alar tayyorlamoqda, deya xabar bermoqda «Uz.news».

Festivalga Turkiyaning mashhur xonandasi Serdar O‘rtach taklif etildi. Shu o‘rinda qo‘shiqchi ham o‘zbekistonliklarga tez orada uchrashamiz, degan mazmunda videomurojaat yo‘llagan.

Foto: Getty Images
Shuningdek, ko‘plab mehmonlar orasida mashhur turk aktrisasi Melisa Asla Pamuk ham bor. Turkiyalik aktrisa Melisa Asla Pamuk xalqimizga «Kara Sevda» («Sevgi iztirobi») serialidagi Asu obrazi bilan tanish.

Foto: Getty Images
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash hamda 2021 yildan boshlab, har yili sentabr—oktabr oylarida «Ipak yo‘li durdonasi» nomi bilan Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha qarorni imzolagan edi.

Hujjatga ko‘ra:
  • 2021 yilning 28 sentabr — 3 oktabr kunlari kinofestival XIII Toshkent xalqaro kinofestival sifatida nufuzli kinofestivallarning g‘olib va nominantlari ishtirokida «Tinchlik, taraqqiyot va ma’rifat» shiori ostida tashkil etiladi;
  • kinofestival shioriga mos bo‘lgan va jahon kinematografiyasi rivojiga katta hissa qo‘shgan filmlar ijodkorlari diplom, ramziy haykalcha va 20 ming AQSH dollaridan iborat bo‘lgan 5 ta pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
  • Osiyo va Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan mamlakatlar yosh kinoijodkorlarining qisqa metrajli filmlari festivali o‘tkazilib, g‘oliblar diplom va jami 32 ming dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ma’lumot uchun, Toshkent xalqaro kinofestivali 1968—1997 yillarda o‘tkazilgan va «Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari kinofestivali» nomi bilan atalgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Madaniyat » Turkiyalik xonanda Serdar O‘rtach va «Sevgi iztirobi»dagi Asu Toshkentga keladi
[/banner_pushhouse