16:16 / 25.09.2021
2 796

«Prezidentimizni o‘pib, rahmat aytaman, degandim» - Obid Asomovning qizi

«Prezidentimizni o‘pib, rahmat aytaman, degandim» - Obid Asomovning qizi
Marhum so‘z ustasi Obid Asomovning qizi Nargiza Ergasheva otasi «zapret»dan chiqqan kuni Prezidentga shaxsan minnatdorchilik bildirishni niyat qilgani, otasining vafotidan so‘nggina ushbu niyati amalga oshgani haqida so‘zlab berdi.

«O‘shanda adam telefon qilib, ‘Tez yetib kel bolam, bolalaringni men bog‘chadan olib kelib qo‘ydim, sen kelsang bo‘ldi,’ dedilar. ‘Tinchlikmi, nimaga?’ desam, oyim ham ‘kelgin’, dedilar. Opamni ham shunaqa qilib chaqirishgan. Amerikada yashaydigan singlimga telefonda xabar berishgan. Hammamiz yig‘ilganimizdan so‘ng uydan bir varaq qog‘ozni olib chiqdilar, ‘Shaxsan Shavkat Miromonivich Mirziyoyev o‘zlari menga ruxsat beribdilar chiqishimga’ dedilar. Shunda hammamiz xursandchiligimizdan yig‘lab yubordik. Bir-birimizni quchoqlab, tabrikladik.

Ishonasizmi, Alloh guvoh, o‘shanda ‘Ada, Prezidentimizni o‘pib, rahmat deb qo‘yaman’, deganman. Adam kulib, ‘Bo‘ldi, qizim’, deganlar. Bu gapimga opam Dilorom bilan ukam Odilxon rosa kulishgan. ‘Ana tashqariga chiqqinda, rahmat deb baqirsang, eshitadilar’, deyishgan.

Mana yil aylanib, Prezidentimizning oldilariga qanday borib qolganimni o‘zim bilmayman. Ular bilan ko‘rishishdan avval minbarga chiqib, rahmat aytaman, deb niyat qildim. Ko‘rishganimda esa hayajondan gaplarim ham esimdan chiqib ketdi», — deydi Nargiza Ergasheva.

Shuningdek, Nargiza Ergasheva otasini «zapret»dan chiqishidan avval «Milliy» telekanaliga ishga olgani uchun Komil Allamjonovga ham minnatdorchilik bildirib o‘tdi:

«Avvalambor Prezidentimizga katta rahmat aytaman, shuningdek, adamga ‘Siz uddalaysiz, qo‘lingizdan keladi’, deb motivatsiya bergan, ‘Milliy’ telekanaliga ishga olgan Komil Allamjonovga ham minnatdorchilik bildiraman».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Prezidentimizni o‘pib, rahmat aytaman, degandim» - Obid Asomovning qizi