13:39 / 10.10.2021
3 142

Turmush qurganini ommadan yashirgan yulduzlar (foto)

Turmush qurganini ommadan yashirgan yulduzlar (foto)
Shou-biznes vakillaridan kimlar shaxsiy munosabatlari va oila qurgani haqida ovoz qilishni afzal bilmagani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Alan Rikman va Rima Xorton

Foto: Marie Claire
«Garri Potter»dagi professor roli bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Alan Rikmanning vafot etishidan bir yil avvalgina uning bir vaqtlar uylangani ma’lum bo‘lgan. Aslida Rikman 19, Rima esa 18 yoshligida bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan, oradan 12 yil o‘tib 1977 yildan jiddiy munosabatda bo‘lgan. 37 yildan keyin 2015 yilga kelib esa turmush qurishga qaror qilgan. Bu vaqtga kelib Alanda saraton borligi allaqachon ma’lum bo‘lgan hamda to‘yni ortga surishda ma’ni bo‘lmagan. «Turmush qurganimizga ko‘p bo‘lmadi. Hech qanday mehmon bo‘lmagani uchun marosim g‘oyat ajoyib bo‘ldi. Nyu-Yorkdagi to‘yimizdan keyin Bruklin ko‘prigiga bordik keyin esa tushlik qildik», — degan aktyor Germaniyaning Bild gazetasiga bergan intervyusida.

Tom Xardi va Sharlotta Rayli

Foto: Marie Claire
Tom Xardi bo‘lajak rafiqasi Sharlottani uchratgunicha, uylanib ajrashishga va farzandli bo‘lishga ham ulgurgan. Haqiqiy baxtini esa 2009 yilda «Momaqaldiroqli dovon» filmining suratga olish maydonchasida tanishgan. Filmdagi ta’sirli sevgi hikoyasi bosh qahramon rolini gavdalantirgan aktyorlarning shaxsiy hayotiga ham ta’sir qilmay qolmagan. Shu tariqa juftlik 2014 yil Fransiyada do‘st va yaqinlari davrasida oila qurgan. Turmushi davomida ular ikki nafar farzandli bo‘lishga ulgurgan.

Deniyel Kreyg va Reychel Vays

Foto: Marie Claire
Jeyms Bond roli bilan barchaga ma’lum bo‘lgan aktyor shaxsiy munosabatlari va hayoti bilan bog‘liq hodisalarni ovoza qilishni yoqtirmaydiganlardan. Hatto nufuzli taqdirlash marosimlariga ham yolg‘iz tashrif buyurgani sabab ko‘pchilik uni hayotida hech kim yo‘q deb o‘ylagan. Ammo Deniyel allaqachon uylanib ulgurgan. Kreyg Reychel Vays 2004 yil «Orzudagi uy» filmining suratga olish jarayonida tanishgan. Bu vaqtda Vays Darren Aronofski bilan 9 yillik munosabatlariga nuqta qo‘ygan, Kreyg esa 5 yil uchrashib yurgan Satsuki Mitchell bilan ayrilgan bo‘lgan. Juftlik 2011 yilda oila qurgan. Marosimda ularning avvalgi turmushidagi farzandlari, shuningdek, guvoh sifatida do‘stlarini qo‘shganda jami 4 nafar mehmon ishtirok etgan. Hammasi shunchalik imi-jimida tashkillashtirilgani va yashirilganidan hatto eng qiziquvchan muxbirlar ham ushbu voqea haqida ancha keyin xabar topgan. Bugungi kunda ular Reychelning birinchi turmushidan dunyoga kelgan o‘g‘li va 2018 yilda tug‘ilgan farzandini katta qilmoqda. Qizga nima deb ism qo‘yilgani esa haligacha ommaga ma’lum emas.

Benedikt Kamberbetch va Sofi Xanter

Foto: Marie Claire
Ayol kishi o‘zini ko‘z-ko‘z qilib emas, aqli bilan jalb qilishi kerak deb hisoblaydigan aktyor orzusidagi ayolni 2009 yilda uchratgan. 2015 yilga kelib esa juftlik turmush qurishga qaror qilgan. Britaniyaning Uayt orolida joylashgan Mottiston shahrida bo‘lgan marosimda faqatgina kelin-kuyovning yaqinlari ishtirok etgan. Turmush qurganidan keyingi 6 yil ichida esa 3 marta farzandli bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan.

Edvard Norton va Shona Robertson

Foto: Marie Claire
Norton ham shaxsiy hayotini ko‘z-ko‘z qilishni istamaydiganlardan. Muxlislari uning Shona bilan munosabatlari haqida to‘satdan — 2013 yilda farzandli bo‘lganidan keyingina xabar topgan. Keyinroq esa juftlik allaqachon turmush qurgani ma’lum bo‘lgan. Ayrimlar ularning 2012 yilda turmush qurganini aytsa, boshqalar o‘g‘lining dunyoga kelganidan keyin rishtalarni mustahkamlashga qaror qilgani haqida mish-mish tarqatgan. Qachon bo‘lgani muhim emas, asosiysi ular ancha vaqt yashirincha uchrashganiga qaramay, bugungi kunga qadar baxtli hayot kechirayotganida.

Kolin Fert va Liviya Judjolli

Foto: Marie Claire
Avvallari Kolinning ikki mamlakatga qatnashiga to‘g‘ri kelgan — Buyuk Britaniyada tinimsiz filmlarda suratga tushadigan aktyorning qaylig‘i Italiyada yashagan. Aktrisa Meg Tilli bilan 7 yil uchrashib 1996 yil munosabatlariga nuqta qo‘ygan Fert 1997 yil italiyalik Liviyaga uylangan. Ikki nafar farzandi bo‘lgan aktyor shundan keyin ham o‘z qoidalariga sodiq qolib oilasi haqida ovoza qilmagan. Ularning munosabatlari 22 yil o‘tib ajrashishga qilgan qarorlaridan keyingina ma’lum bo‘lgan.

Vladimir Vdovichenkov va Yelena Lyadova

Foto: Marie Claire
Bo‘lajak turmush o‘rtoqlar tanishganida Yelena 34, Vladimir esa 43 yoshda bo‘lgan. Ayol hali oila qurib ulgurmagan, ammo Vdovichenkov allaqachon bir emas 3 marta uylanib ajrashgan, 2 nafar farzandi bo‘lgan. Suratga olish maydonchasida tanishgan juftlik shundan keyin hech ham ajrashmagan va munosabatlarini boshqalardan yashirgan. Ular ilk bor 2014 yildagi Kann festivalida ko‘rinish bergan. Vladimirning tanishlaridan biri 2015 yilda ularning allaqachon nikohdan o‘tganini tasdiqlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turmush qurganini ommadan yashirgan yulduzlar (foto)