17:05 / 10.10.2021
3 122

Buxoroda afsonaviy turk xoqoni Alp Er To‘nga (Afrosiyob)ning qabri topildi...

Buxoroda afsonaviy turk xoqoni Alp Er To‘nga (Afrosiyob)ning qabri topildi...
Foto: Madaniy meros agentligi
Turkiyaning Gazi universiteti professori doktor Nejati Demir tomonidan Buxoroda olib borilgan izlanishlar davomida Alp Er To‘nga qabri topilgan. Bu haqda Madaniy meros agentligi ma’lum qildi.

Hozirda ushbu ma’lumot ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu O‘zbekiston uchun jahonda katta muvaffaqiyat bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Alp Er To‘nga miloddan avvalgi VII asrda yashagan, deb taxmin qilinadi. Alp Er To‘nga taniqli harbiy sarkarda va mashhur davlat arbobi bo‘lib, u turkiy xalqlar bobokaloni hisoblanadi.

U ko‘chmanchi chorvador aholi o‘rtasida Alp Er To‘nga, o‘troq dehqonchilik vohalari aholisi o‘rtasida Afrosiyob nomi bilan mashhur bo‘lgan shaxs bo‘lib, Turon davlatiga asos solgan va uning birinchi xoni (xoqoni) bo‘lgan.

Alp Er To‘nga haqida Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitoblarida ma’lumotlar keltirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Buxoroda afsonaviy turk xoqoni Alp Er To‘nga (Afrosiyob)ning qabri topildi...