16:46 / 11.10.2021
1 244

Alisher Uzoqov norasmiy taqiqqa uchragani asossiz gapligini ma’lum qildi

Alisher Uzoqov norasmiy taqiqqa uchragani asossiz gapligini ma’lum qildi
Aktyor va rejissyor Alisher Uzoqov Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimiga taklif qilinmaganligi haqida videomurojaat qilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Uzoqovning festivalga taklif qilinmagani katta bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Alisher Uzoqov «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida festivalning tantanali yopilish marosimiga Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov tomonidan taklif qilingan bo‘lsa-da, nima sababdan kelmagani haqida gapirib berdi.

- "Xalqaro kinofestivalning tantanali yopilish marosimiga taklif qilindim. Haqiqatan ham Firdavs akaning o‘zlari aloqaga chiqib, ochilish marosimidagi holatni aytib o‘tdilar va yopilish marosimiga taklif etdilar.

Yopilish marosimiga kelolmaganimning sababi esa safarda edim. Ochig‘i, ochilish marosimiga taklif qilishmadi, katta ehtimol bilan yopilish marosimiga ham chaqirishmasa kerak, deb o‘ylab Buxoro va Qashqadaryo viloyatlariga safarga chiqib ketgan edim.

Aynan marosim bo‘ladigan kecha safardan qaytib keldim, borishga esa ulgurmadim. Onam bordilar, onam bilan borishga ulgurmaganimni aytib qo‘ydim. Borish nasib qilmagan ekan
", - dedi Alisher Uzoqov.

Alisher Uzoqov Dubayda bergan intervyusidan so‘ng norasmiy taqiqqa uchragani haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi. Aktyor ushbu ma’lumotga quyidagicha oydinlik kiritdi.

- "Bu haqda hozir sizdan eshityapman. Hech qanday tazyiq, taqiqlar bo‘lmadi. Vatanimiz rahbari, hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosatlarida san’atkorlarga nisbatan e’tibor juda ham kuchli, qolaversa, taqiq degan barcha cheklovlar butunlay olib tashlangan. Davlat siyosatiga qarshi chiqadigan birorta rahbar bo‘lmasa kerak. Bu shunchaki asossiz gap-so‘zlar. Allohga shukr, hammasi joyida, hech qanday cheklovlar yo‘q. Kamnamoligim o‘zimga bog‘liq, hozircha faqat rol, kino kutyapman", - dedi Alisher Uzoqov.

Ma’lumot uchun, «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali 28 sentabr va 3 oktabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Festivalning birinchi va so‘nggi kunlarida tantanali ochilish va yopilish marosimlari bo‘lib o‘tgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Madaniyat » Alisher Uzoqov norasmiy taqiqqa uchragani asossiz gapligini ma’lum qildi