23:16 / 01.11.2021
3 220

Feruza Normatova «Mendirman Jaloliddin» serialining ikkinchi faslida suratga tushmaydi

Feruza Normatova «Mendirman Jaloliddin» serialining ikkinchi faslida suratga tushmaydi
Aktrisa Feruza Normatova Shahzod Sultonovning YouTube kanaliga intervyu berib, muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Muxlislaridan biri aktrisaga «Shahzod Sultonov uchun hijobga kirdingizmi? Unga turmushga chiqasizmi?», — deb savol berdi.

«Eng ko‘p berilgan savol shu bo‘ldi aslida. Hayron bo‘ldim. Qanday qilib, bir inson uchun o‘ranish mumkin? Bu noto‘g‘ri narsa. Bu Alloh uchun bo‘ladi. Turmushga chiqish uchun shunday qildingizmi, deganlar ham bo‘ldi. Odamlar shunday fikrlayotganiga hayron bo‘ldim. Ro‘mol biron inson uchun o‘ralmaydi. Shahzod Sultonov bilan ijodiy hamkorlik qilamiz, shartnomalarimiz bor. Unga ro‘mol o‘rash fikrim borligini aytganimda qo‘llab-quvvatlagan. Men sentabrda, tug‘ilgan kunimda o‘ranmoqchi edim. Shahzod yaxshi qabul qildi. Shundan biroz vaqt o‘tib, ‘Mendirman Jaloliddin’ serialining ikkinchi fasli suratga olinishi ma’lum bo‘ldi. Meni chaqirishdi.

Avgustda ketilib, noyabrda qaytiladi, deyishdi. Men serialning davomida ham suratga tushishga rozi bo‘ldim. Bu haqda Shahzodga aytganimda, u ‘Ro‘mol o‘ramoqchi edingiz-ku, serialda suratga tushish hijobdan ham muhimroq ekanda’, dedi. Shu so‘zlardan keyin o‘ylanib qoldim va serialning davomida suratga tushmaslikka qaror qildim. O‘rnimga boshqa aktrisa suratga tushsa, yanayam yaxshiroq bo‘lar, degan fikr paydo bo‘ldi
», — deydi aktrisa ushbu savolga javoban.

Foto: YouTube
Ma’lumot uchun, Feruza Normatova «Mendirman Jaloliddin» serialida Shirin obrazini gavdalantirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Feruza Normatova «Mendirman Jaloliddin» serialining ikkinchi faslida suratga tushmaydi