18:00 / 04.11.2021
2 096

«U mening hayotimni yashirincha barbod qildi» - Britni Spirs

«U mening hayotimni yashirincha barbod qildi» - Britni Spirs
Foto: GeoTV
Britni Spirs yillar davomida u bilan bo‘lgan nohaqliklarga onasi aybdor ekanini ma’lum qildi.

Britni Spirs 13 yilga yaqin vaqt davomida butkul otasining nazorati ostida bo‘lgan. Jeyms Spirs qizidagi ruhiyat bilan bog‘liq muammo sabab unga rasman vasiylik qila boshlagan. Shundan keyin xonandaning hayoti izidan chiqib ketgan. Otasi uni haqoratlagan, ortiqcha ishlashga majbur qilgan, dori vositalari berishdan tashqari, farzandli bo‘lishni ham taqiqlagan. Va nihoyat jamoatchilik bosimi ostida Jeyms qiziga vasiylik qilishdan voz kechgan.

Britni Instagram sahifasiga bor g‘uborini to‘kib-sochib post joylagan. Ma’lum bo‘lishicha, uning onasi Linn Spirsdan ham jahli chiqqan. Dunyoda jimgina tabassum qilib turgan ayoldan xavfliroq kimsa yo‘qligini ta’kidlagan qo‘shiqchining qo‘shimcha qilishicha, otasini vasiylik qilishga aynan onasi ko‘ndirgan.

Foto: Style Caster
«Otam menga vasiylik qilishni bundan 13 yil avval boshlagan bo‘lishi mumkin, ammo odamlar bu fikrni onam unga aytganidan bexabar. Men hech qachon u yillarni ortga qaytara olmayman. U mening hayotimni yashirincha barbod qildi», — deb yozgan Spirs.

«Nimalar qilganingni juda yaxshi bilasan, otam vasiylik haqida o‘ylaydigan darajada aqlli emas, ammo bugun men yangi hayotim hali oldinda ekanini bilgan holda tabassum qilaman», — degan Britni. Keyinroq esa xonanda mazkur postini o‘chirib tashlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «U mening hayotimni yashirincha barbod qildi» - Britni Spirs