Tabiatning yana bir sehrli mo‘jizasi bu, rayhondir. Rayhon so‘zi qadimgi arab tilida “vujudi xushbo‘y o‘simlik”, fors tilida esa “isfaran” deb atalgan bo‘lib, u “doimiy quvonch” ma’nosini anglatgan.
Abu Ali Ibn Sino rayhon haqida to‘xtalib: “Uni yanchib yoki moyini olib, malham qilib bavosilga surtilsa foyda qiladi”, deydi. Ibn Sino qora rayhondan unumli foydalanilsa, ya’ni, surtmasi ko‘zning lo‘qillashiga foyda qilishi va yurakni kuchli qilishini aytadi. Oshrayhon shifobaxshlik bobida beqiyos xususiyatlarga ega. O‘simlik kishi ishtahasini ochib, ovqatni yaxshi hazm qiladi, a’zolarga singdirishda yordam beradi. Bundan tashqari, rayhon yo‘talga, qizamiq asorati bo‘lganlarga yordam beradi.
Bolgar xalq tibbiyotida rayhon asosida tayyorlangan qaynoq damlama bilan buyrak, qovuq yo‘llari shamollashida, tumov, angina, bezgak xurujidan forig‘ etuvchi va davolovchi omil sifatida foydalaniladi.
Rayhon barglarini qishga asrash uchun quritib, o‘simlik ayni gurkirab, gullash oldida turganda ustki barglari chilpib olinadi va savatchaga taxlanadi, so‘ng uni pana, ammo havo etarli bo‘lgan joylarda quritiladi.
Rayhon, sirka va ozroq miqdordagi tuz aralashmasining qaynatmasi tish og‘rig‘ini qoldiradi. Rayhon barglarining sharbati quloq yiringlashida foyda beradi. O‘zbek oshxonasida rayhon bilan go‘shtli, yog‘li masalliqlarga ta’m berishda, sabzavot va rezavorlarni konservalashda foydalaniladi. Rayhonning yana bir ajoyib xususiyatlaridan biri, meva qoqilarini zararli hashoratlar ta’siridan asraydi.
AFSONA tayyorladi
Manba: diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?