1.100 gr. mevasida 42 kilokaloriya mavjud bo‘lgan bu meva qomatingizga xavf solmasdan, salomatligingizga koni foyda bo‘ladi.
2. Yangi mevasi, quritilgani, murabbosi va bargi gripp, shamollash kabi xastaliklarni davolashda eng samarali vosita sifatida foydalaniladi. 1-2 choy qoshiq quritilgan malina mevasini 1 stakan qaynagan suvga solib, biror daqiqalardan so‘ng issiq holida iching. Yoki malina murabbosi solingan choy ichib, o‘ranib yotsangiz, shamollash oson chekinadi.
3. Ushbu rezavor meva gastrit, kamqonlik, gipertoniya, yurak qon-tomir xastlaliklarini davolashda ham qo‘llaniladi. Ichak yallig‘lanishlari, gastrit bezovta qilsa, malina sharbati iching. Malinani ezib, dokadan o‘tkazing. Kuniga 50-100 ml.dan 3 marta ovqatdan oldin qabul qiling.
4. Bargi va guli ayollarga xos kasalliklarga davo bo‘ladi. 10 gr. quritilgan guli va bargini 200 ml. qaynagan suvda qaynatib, 30 daqiqa tindiring. Keyin suzgichdan o‘tkazib, iching.
5. Doimiy bosh og‘rig‘idan shikoyat qilsangiz, malina mevasini suvga solib qaynating-da, tayyor bo‘lgan kompotdan kuniga 1-1,5 litr iching.
6. Hayz kunlarida ham malinali choy joningizga oro kiradi. U og‘riqni pasaytirib, nozik davringiz yengil o‘tishiga ko‘maklashadi. Shu bilan birga, asablaringizni ham tinchlantiradi.
Manba: Darakchi.uz
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring