19:35 / 09.05.2017
33 617

Pista (semichka) inson hayoti uchun o‘ta xavfli mahsulotdir!!!

Pista (semichka) inson hayoti uchun o‘ta xavfli mahsulotdir!!!
Amerikadagi Michigan universiteti olimlari semichka tarkibida inson hayoti uchun o‘ta xavfli zaharli modda mavjudligini aniqlashdi, deb yozmoqda Hordiq.uz. Tadqiqotlar Tanzaniyada o‘tkazildi. Va ma’lum bo‘ldiki, semichka tarkibidagi aflotoksin zaharli moddasi odamni bir kun kelib o‘ldirarkan.

Bu modda ilgari faqat qo‘ziqorinning ba’zi turlari tarkibida uchrashi aytilgandi. Aflotoksin organizmga kirib borgach, birinchi bo‘lib jigarni ishdan chiqaradi, keyin tanadagi boshqa a’zolarni yo‘q qilishga o‘tadi.

— Bu modda juda kuchli zahar hisoblanadi, — dedi olimlardan biri. — Yiliga shu modda tufayli 155 ming nafargacha odam hayotdan ko‘z yummoqda. Semichkadan bu zaharni olib tashlash uchun uni qayta ishlash zarur.

Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, aflotoksin nafaqat semichka, balki makkajo‘xori, eryong‘oq, bodom tarkibida ham uchraydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Pista (semichka) inson hayoti uchun o‘ta xavfli mahsulotdir!!!