date

20-oktabr: O'zbekistonda havo harorati +20° gacha ko'tariladi

20-oktabr: O'zbekistonda havo harorati +20° gacha ko'tariladi
Bugun, 20-oktabr kuni O'zbekiston bo'ylab o'zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi, yog'ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi O'zgidromet. Mamlakatning aksar hududlarida kunduzgi harorat +15…+20°C atrofida bo'ladi.

Toshkent shahrida havo harorati kunduzi +16…+18°C bo'lishi kutilmoqda. Eng iliq ob-havo Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatiladi, bu hududlarda harorat +22°C gacha yetishi mumkin.

Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyatlarida havo +14…+19°C oralig'ida bo'ladi. Respublikaning tog'li hududlarida esa harorat +10…+15°C atrofida bo'lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 20-oktabr: O'zbekistonda havo harorati +20° gacha ko'tariladi