11:16 / 01.11.2017
7 090

2016 yilda namunali uylarni sifatsiz qurgan 17 pudrat tashkilotining ishi sudga oshirilgan

2016 yilda namunali uylarni sifatsiz qurgan 17 pudrat tashkilotining ishi sudga oshirilgan
Milliy matbuot markazida “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi hamkorligida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qurilayotgan uy-joylar va obyektlarning sifati bo‘yicha berilgan savollarga javob berildi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Uz24» xabar berdi.

“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Fayzullo Islomovning ma’lum qilishicha, 2009-2016 yillar davomida 69 ming 557 ta namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurildi. Biroq qurilish tashkilotlari aybi bilan sifatsiz qurilgan uylar ham bor. Aholidan bu uylarning sifati borasida tushgan noroziliklar o‘rganilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator qurilish tashkilotlari javobgarlikka tortildi. Xususan, 2016 yilda 17 pudrat tashkilotining ishi sudga oshirilgan.

Mutaxassislarning qayd etishicha, sifat borasidagi muammolarning oldini olish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish uchun uy-joylarni qurish bilan shug‘ullanayotgan korxonalarning 5 foiz mablag‘i bir yildan keyin ularning hisobraqamiga o‘tkazib beriladi. Bu mablag‘ning ushlab turilishiga sabab, agar shu davrda yangi uy-joyda yashayotgan aholidan sifat borasida murojaatlar tushsa, mablag‘ ta’mirlash ishlariga sarflanadi. Bunday shikoyatlar bo‘lmagan taqdirda yillik muddatdan keyin qurilish tashkiloti bu mablag‘ni qaytarib olishi mumkin.

Anjumanda qayd etilishicha, endilikda uy-joylar sifatini yanada yaxshilash maqsadida yangi maxsus komissiya tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, Prezidentning 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2017 yilda 15 mingta uy-joy qurilishi ko‘zda tutilgan. Aholi talabiga asosan qo‘shimcha ravishda yana 4 ming 610 ta uy-joy qurish mo‘ljallanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2016 yilda namunali uylarni sifatsiz qurgan 17 pudrat tashkilotining ishi sudga oshirilgan