11:35 / 01.11.2017
5 054

«Sovplastital» davlat korxonasiga aylantirildi

«Sovplastital» davlat korxonasiga aylantirildi
Vazirlar Mahkamasi «Sovplastital» MCHJ ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror imzoladi. Bu haqda «Norma»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Unga muvofiq, «Sovplastital» QK ustav kapitalidagi 96,67 foiz miqdoridagi ulushga davlatning mulk huquqi e’tirof etildi, «Sovplastital» QK «Sovplastital» MCHJga aylantirildi.

Bu «Sovplastital» AJ tomonidan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish va qayta tiklash bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmaganligi natijasida bugungi kunda korxona quvvatlaridan 5 foizga foydalanilayotganligi, ishlab chiqarish maydonlarining juda kam qismidan foydalanilayotganligi, xaridorgir eksportbop va importning o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirilmaganligi, oxirgi o‘n yilda korxonada ish o‘rinlari soni 6 barobarga kamayganligi bilan bog‘liqdir.

«Sovplastital» MCHJning Toshkent shahar, Bunyodkor ko‘chasi, 29-uyda joylashgan «2-son ishlab chiqarish va omborxona binolari» binolarini (binolarning bir qismini) va inshootlarini tutash hudud bilan birga obyektni berish sanasida jamiyatning O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzdorligi va ular bo‘yicha hisoblangan penyalar, shuningdek obyektni berish natijasida yuzaga keladigan soliq hisobiga Toshkent shahri hokimligiga berish belgilandi.

Obyekt negizida kichik sanoat zonasini tashkil etish maqsadida keyinchalik u «Chilonzor kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi» DUKga beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ichki zaxiralarni safarbar qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, shuningdek ixtisosli bo‘lmagan va foydalanilmayotgan aktivlarni optimallashtirishni nazarda tutuvchi 2017—2018 yillarda «Sovplastital» MCHJ quvvatlaridan foydalanishni oshirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish va tasdiqlash yuklatildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Sovplastital» davlat korxonasiga aylantirildi