6 087
Toshkentdagi parfyumeriya do‘konlarining biridan 33 mln so‘mlik mol-mulk o‘g‘irlandi
Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan parfyumeriya do‘konlaridan birida 2 noyabrga o‘tar kechasi o‘g‘rilik yuz berdi. Bu haqda «Toshkent shahar IIBB» matbuot xizmatiga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, noma’lum shaxs do‘kon eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, bahosi 33 452 000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlab, jinoyat joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib Rixsiboy Tojiboyev qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b», «g» bandlari (o‘g‘irlik, ya’ni ancha miqdorda, omborxona va boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda», — deya xabar bermoqda shahar IIBB axborot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi