10:59 / 06.11.2017
7 706

Turkiyalik mutaxassis O‘zbekistonda davlat lavozimini egallashi ma’lum qilindi

Turkiyalik mutaxassis O‘zbekistonda davlat lavozimini egallashi ma’lum qilindi
Turkiya Milliy assambleyasi sobiq deputati Sodiq Badak yaqin orada O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning maslahatchisi lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.

Sodiq Badak o‘z mamlakatida turizmni rivojlantirish sohasida katta tajribaga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil 25-26 oktyabr kunlari Turkiyaga tashrifi davomida uning nomzodi ilgari surilgandi.

Mutaxassis mamlakat hududlarining turistik infrastrukturasini rivojlantirishda ishtirok etadi. Qonun loyihalarini mukammallashtirish ishlarida takliflarini bildiradi.

Sodiq Badak, shuningdek, O‘zbekiston uchun salohiyatli chet el bozorini o‘rganish ishlarida ham qatnashadi. Yangi turmahsulotlar yaratish ishlariga, shuningdek, turistik brendlar rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Turkiyalik mutaxassis O‘zbekistonda davlat lavozimini egallashi ma’lum qilindi