15:12 / 09.11.2017
11 005

Toshkent viloyatida yangi tuman va 3 ta shahar tashkil etildi

Toshkent viloyatida yangi tuman va 3 ta shahar tashkil etildi
Toshkent viloyati tarkibidagi shaharlar soni 7, tumanlar soni 15 taga yetdi. Bu Prezidentning 3 noyabrdagi "Toshkent viloyati tarkibida Toshkent tumani, shuningdek viloyatga bo‘ysunuvchi Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shahar hokimliklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida nazarda tutilgan, deb yozadi "Xalq so‘zi".

Hujjat matni O‘zbekiston Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga joylashtirilgan.

Bungacha hududda 14 tuman (Bo‘stonliq, Bekobod, Bo‘ka, Piskent, Parkent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Quyi Chirchiq, Chinoz, Yangiyo‘l, Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Qibray, Zangiota), 4 shahar (Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq) bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent viloyatida yangi tuman va 3 ta shahar tashkil etildi